TUZKON MADANIYATI

TUZKON MADANIYATIneolit davrida baliq ovlash, ovchilik va terimchilik bilan shugʻullangan qabilalar madaniyati (mil. av. 4—3ming yillik). Tuzkon manzilgohlari Mohondaryo arxeologiya ekspeditsiyasi aʼzosi Oʻ. I. Islomov tomonidan topib oʻrganilgan (1960—61). Mohondaryo Zarafshon daryosining qad. oʻzani boʻlib u Buxoroning Qorakoʻl tumani orqali Qizilqumdan oʻtib Amudaryoga quyilgan. U oʻz yoʻlida bir qancha koʻllar hosil qilgan. Neolit odamlari shu koʻllar atrofida manzilgohlar qurishib shu yerda hayot kechirishgan. Bu yerdan 36 ta manzilgoh topilib, shundan 2 tasida madaniy qatlamlar va chayla qoldiqdari topilgan. Keyingi jez davriga kelib Mohondaryo suvlari kamayib, hosil qilingan koʻllar tuzkonlarga aylangan. Hozir bu joylar Kichik Tuzkon va Katta Tuzkon makonlari nomlari bilan yuritiladi (q. Kaltaminor madaniyati, Darvozaqirliklar chaylasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x