TUYOQLILAR

TUYOQLILAR (Ungulata) — sut emizuvchi hayvonlarning katta turkumi. Toy; tuyoqlilar, juft tuyoqlilar, fillar, sirenlar va damanlar turkumlarini oʻz ichiga oladi. Oyoq barmoklari tuyoq bilan qoplangan. Odatda, 2 va 4 barmoqlari (toq tuyoqlilarda 3barmoq) yaxshi rivojlangan. Asosan, oʻsimlikxoʻr. Antraktida va Avstraliyadan boshqa barcha qitʼalarda tarqalgan. Koʻpchilik Tuyoqlilar ovlanadi. Yovvoyi Tuyoqlilar uy hayvonlari — ot, sigir, qoʻy, echki, choʻchqa, tuya, eshak, bugʻu va b. ning ajdodi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x