Post Views:
87
TUYABO‘G‘IZTEPA – ilk o‘rta asrlarga mansub daxmali tepaliklar (milodiy 5–8-asrlar). Tuyabo‘g‘iz suv ombori (Toshkent dengizi)ning shimoli-g‘arbiy sohili yaqinida, O‘rtaboz mavzeida joylashgan. 1959–60-yillarda (T.A’zamxo‘jayev) o‘rganilgan. Daxmalar tepalik ko‘rinishida, bo‘yi 2 m, diametri 15–20 m bo‘lgan. Ba’zi daxmalar katakombali inshootlar bo‘lib, 2,6×2 m li xonalarga ajratilgan. Mehnat qurollari, sopol idishlar, temir pichoq, tanga, marjon, chig‘anoqlar chiqqan.
Ba’zi daxmalardan nauslar ochilgan. Ulardan tartibsiz suratda qo‘yilgan, silindr shaklidagi ossuariy va skeletlar topilgan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/tuyabo-g-iztepa/