TUT ODIMCHISI (Apocheima cineraius Easch.) — kapalaklar turkumining odimlovchilar oilasiga mansub hasharot; tut bargining ashadiy zararkunandasi. Kapalagi sargʻish. Qanotlarini yoyganda 25 mm. Tut odimchisi bir yidda 1 avlod beradi, shundan 9 oyini yer tagida gʻumbak holda oʻtkazadi. Erta bahorda urgʻochi kapalagi 800—1000 donagacha tuxum qoʻyadi. Qurti martning 2yarmi yoki apr. boshlarida chika boshlaydi. Hayoti davrida 5 yoshni oʻtaydi. Qurtlar yangi tut kurtagi va barglarini kemirib, uni butunlay yoʻq qiladi. Har bir qurt oʻrtacha 1,5 kg barg isteʼmol qiladi (ipak qurtiga qaraganda 8-marta koʻp). 30—40 kundan soʻng (may oyi boshlarida) 20—30 sm chuqurlikda oʻziga in yasab, gʻumbakka aylanadi va shu joyda qishlaydi.
Tut odimchisi qurtini yoʻqotish uchun kompleks agrotexnik (tut daraxtlari tagini kuzda va bahorda yumshatish, kuzda tut kator oralarini chuqur haydash, begona oʻtlarni yoʻqotish) hamda kimyoviy kurash (tutning koʻkarib turgan kurtaklariga karbofos, Bi58, siperfos, sumialfa preparatlaridan birining 0,1—0,3% eritmasi purkash) choralari tavsiya etiladi.