TUSLANISH

TUSLANISH (tilshunoslikda) — feʼlning shaxsson shakllarida oʻzgarishi: oʻqiyapsan, oʻqiyapti(lar); shart maylining Tuslanish shakli: kelsam, kelsang, kelsa, kelsak, kelsangiz, (kelsalar) va b. Tuslangan feʼl shaklida xarakatni bajaruvchi shaxs ifodalanadi. Harakatning bajaruvchisi soʻzlovchi, tinglovchi yoki oʻzga shaxs boʻladi. Bir affiks bajaruvchining miqlorini ham koʻrsatgani uchun u shaxsson affiksi deyiladi. 1shaxs tuslovchisi harakatning bajaruvchisi — soʻzlovchining oʻzi ekanligini, 2shaxs tuslovchisi esa soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs — tinglovchi ekanini bildiradi. Ular faqat kishilarga nisbatan ishlatiladi. Bunda ega kishilik olmoshlari bilan ifodalanadi va u yashirinib kelishi ham mumkin. Maye: yezdim — yozdik, yozding — yoʻzdingiz. 3shaxs tuslovchisi nutqsa qatnashmagan, lekin nutq oʻzi toʻgrisida boʻlgan shaxsni koʻrsatadi. Bu shakl kishilarga va predmetlarga birday qoʻllangani sababli koʻpincha eganing boʻlishini taqozo etadi: ketdi — u ketdi. Anvar ketdi. Poyezd ketdi.

Feʼllar ham Tuslanish tizimiga boʻlgan munosabatiga qarab 2 asosiy guruhga boʻlinadi: tuslanishli feʼllar, tuslanishsiz feʼllar. Tuslanishli feʼl albatta shaxsson jihatdan shakllangan boʻladi. Biroq shaxsson koʻrsatkichlariga egalikning oʻzi tuslanishli feʼl deyish uchun asosiy belgi boʻla olmaydi. Maylning biror turiga mansub boʻlishlik Tuslanish li feʼlning asosiy belgisidir. Tuslanish li feʼl gapda kesim vazifasida keladi. Bunday feʼllar shaxs maʼnosiga egaligi tufayli yakka holda ham mustaqil gapni tashkil eta oladi. Mas., Keldi (u keldi). Shu xususiyatiga koʻra, Tuslanish li feʼl predikativlikka moslashgan feʼl shakli gʻisoblanadi. Tuslanishsiz feʼl Tuslanish tizimiga ega boʻlmaydi, mayl, shaxsson, zamon maʼnolarini ifodalay olmaydi va shu maʼnolarni ifodalovchi shakllarga xam ega boʻlmaydi. Bular harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh shakllaridir. Ilhom Madrahimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x