Tushda o`rgimchak ko`rsa nima bo`ladi. Tushda o’rgimchak ko’rgan makkor, ojiz, dangasa kishini uchratadi. O’rgimchak ko’rish jodu qiluvchi ayol, deb kam ta’bir qilinadi. Tushida uyida o’rgimchak to’rlari ko’pligini ko’rgan kishi ularni tozalamasa, kambag’al bo’lib qoladi. Tozalasa, taqdirini o’zgartirishga harakat qiladi. Tushida o’rgimchak ushlaganini ko’rgan kishi nochor kimsa bilan do’st tutinadi. Biror kishi tushida o’rgimchakni shiftda osilib tushganini ko’rsa, o’sha yili qish qattiq keladi.
O’RDAK
Tushda o’rdak ko’rish, aslzoda boy va obro’li ayolga ishoradir. Ayol kishi tushida o’rdak ko’rsa, xizmatkorlari ko’p, qo’li uzun bo’lgan badavlat kimsa bil an tanishadi. O’rdaklar to’dasini ko’rish boylik, arzonchilikka ishoradir.
O’RIK
O’rik bo’ladigan faslda tush ko’rilgan o’rik yaxshilikka, boshqa paytda ko’rilgani qiyinchilik, xafagarchilikka ishoradir. O’rik daraxti kishilarga nafi tegadigan zot timsolidir.
Tushda xushbo’y o’simliklarni ko’rish yoki hidlash qiyinchiliklar, azoblardan qutulish, yaxshi ishlar qilish va to’g’ri so’zga ishora sanaladi. o’sib turgan joyida ko’rish maqtov va tahsinga, insonni xursand qiladigan so’zga ishoradir.
O’TIN
Tushda o’tin ko’rish hasad, g’iybat va fitna, deb ta’bir qilinadi. Elkasida yoki qo’lida o’tin tashiganini ko’rgan kishi yuqoridagilarni o’ziga kasb qiladi. O’rmondan o’tin tashib keltirganini ko’rgan kishi hech kim bilan chiqisha olmaydi. Tushida olov yoqqanini, unda isinganini ko’rgan kishi yaxshi ish boshlaydi. Tushida o’tin eganini ko’rgan kishi harom mol eydi. Bu o’ngida o’tin bilan savalanishiga ishora bo’lishi ham mumkin.
O’T-O’LAN
Tushda ko’rilgan o’t-o’lan yaxshilik, deb ta’bir qilinadi. Kaftida o’t o’sganini ko’rgan kishi xotinini boshqa bilan uchratadi. Kaftining orqasida o’t o’sganini ko’rgan kishi dunyodan o’tadi va qabridan o’to’sadi. Biror kishining ustida o’t o’sgani va bu o’tning qulog’i hamda yuzini to’smaganini ko’rish arzonchilik, mo’l-ko’lchilikdir.
O’ChOQ
Tushda o’choq ko’rish odamning rafiqasi, uyi, deb ta’- bir qilinadi. Tushda ko’rilgan o’ch q tuproqdan yoki ohakdan bo’lsa, uy bekasining asl emasligiga; yog’ochdan bo’lishi nifoqchiligiga; oltin-kumush yoki shunga o’xshash qimmatbaho ma’danlardan biridan bo’lishi xotinning aslzoda ekaniga ishoradir. Tushda o’choqning yonib turganini ko’rgan kishi oilasi bilan farovon hayot kechiradi. O’choqda o’t bo’lmasa, xafagarchilik alomati hisoblanadi. Olovning bo’lishi ehtiyojlarning qondirilishidir. Mashhur ta’birchi Nablusiy: “O’choq sening me’dang, o’tin esa o’tgan kecha eyilgan og’ir taomdir”, deydi
O’Q
Biror kishi tushida o’qni nishonga tekkizsa, uning fikri odilona, oqilona bo’ladi. Otgan o’qi mo’ljaldan