Tushda kumush ko`rsa-kumush tushda ko’riladigan eng xayrli ma’dandir. Kumush ko’rish xursandchilik, farovonlik, to’g’ri so’z va xabar, o’g’il farzand deb ta’bir qilinadi. Kumush tangalar boylik va o’g’il farzand, daragidir. Usti qoraymagan kumush tanga ko’rish yaxshilikka yo’yiladi. Tushida ko’rilgan kumush pul xotini homilador erkak uchun farzanddir.
Tushda kumush
Qoraygan, qirilgan kumush dushmanlik alomat . sanaladi. Kumush tanga ko’pincha, so’zni anglatadi. Tangalar toza bo’lsa, ilm va yaxshi so’zga ishora, deb qabul qilinadi. Kumush tangalar sog’i xayrLi amallar miqdoriga ishoradir. Agar ko’rilgan kumush tangalar qalbaki bo’lsa, so’z va amalda adovat, hiyla, yolg’on borligini bildiradi.
KITOB
Tushda kitob ko’rish kuch-qudratdir. Shu sababli qo’lida kitob borligini ko’rgan kishi iqtidorga ega bo’ladi. Agar kitob ochiq bo’lsa, oshkora xabar, yopiq bo’lsa, yashirin xa- barga ishoradir. Tushda o’g’ilning qo’lida kitob bo’lishi xushxabar, ayolning qo’lida bo’lishi quvonchli ishni kutish, deb ta’bir qilinadi. Tushda kitoblarni ko’rish g’amdan qutulish, mushkullarning oson bo’lishi, g’aroyib voqealarga guvoh bo’lishiga ishoradir.
KOTIB
Tushda ko’rilgan kotib makkor kishiga ishoradir. Johil banda tushida o’zining kotib bo’lganini ko’rsa, ta’birli, hiyla ishlatmoqchi bo’lgan kishining hiylasini bartaraf etishga muvaffaq bo’ladi. Kotib bo’lgan kishi tushida yozuvining xunuk ekanini ko’rsa, gunohlariga tavba qiladi. Tushida Ulug kotibning farishtalarini ko’rgan kishi taqvodor bo’lsa, ishlari yurishadi, o’zi jannat ahlidan bo’ladi. Shunday tush ko’rgan kishi taqvodor bo’lmasa, yomon- liklardan saqlanishi zarur.
KUYoV
Tushda tanbur, surnay kabi cholg’u asboblari bo’lgan joyda kuyovni ko’rish o’sha erda bir kishini vafot eti- shidir. Biror kishi tushida kuyov borligi, ammo kelinni ko’rmaganini ko’rsa, u kishi vafot etadi. Agar kelinni ko’rsa, uning ismini eshitsa, davlatmand bo’ladi.
KUL
Tushda ko’rilgan kul egasini kuydirgan harom mol hisoblanadi. Biror kishi tushida kul ko’rsa, qiyinchilikka tushadi. Kul xafagarchilik, ko’z og’rig’i yoki hidoyatdan so’ng yanglish yo’lga kirishga ishoradir; tushda kulga duch kelgani, uni to’plaganini ko’rgan kishi foydasi bo’lmagan yolg’on so’z to’playdi. Tandirlardan yig’ib olingan kul sadoqatdan to’plangan mol yoki foydasiz so’zlarga ishoradir.
KUFR
Tushda Allohning ne’matlarini rad etish boylikka ishoradir. Kufr davosiz darddir. Shu sababli tushida ko- fir bo’lganini ko’rgan kishi zavq-safoga berilib, xalqqa zulm qiladi. Kufr ehson bergan kishining ne’mati yoki so’zini inkor qilishdir. Tushdagi kufr dindagi fitna, dushman yoki odam o’ldirishga ishoradir.