Kalit omad, baxt, taqdir ramzidir. Kalit yuqori martaba, mustaxqam e’tiqod ehtiyojlarining qondirilishi hamdir. Duoning ijobat bo’lishi, kasallikdan qutulish, ilm, afv etilish, ishlarining yurishib ketishi, deb ham ta’bir qilinadi.
IChIMLIKLAR
Tushda rangi sariq bo’lgan har qanday ichimlikning ko’rish kasallikka ishoradir. Binafshadan qilingan shar- batni ichganini ko’rgan kishining kasalligi tuzaladi, u za- rarli narsalardan tiyilishi, kasallikni engishga yordam beruvchi narsalarli eyishi lozim bo’ladi. Tushida ichim- likni jirkanib ichishga harakat qilgani va yutolmaganini ko’rgan kishi kasallikka chalinadi, ammo tezda tuzaladi.
ichkilik
Man qilingan ichimlik ichganini ko’rgan kishi harom mol topadi. Pivo ichganini ko’rgan kishi kasal bo’ladi yoki ozroq boylikka ega bo’ladi. Mehnat qilmay topilgan harom pul tushda ichkilik tarzda namoyon bo’ladi. Tushida ichkilik to’la daryo ko’rgan kishi fitnaga uchraydi. Ichkilik daryosiga kirganini ko’rsa, o’sha daryodan ichgan ichimligi miqdorida fitnaga yo’yiladi. Tushida ichkilik ichgan xodim vazifa- sidan bo’shatiladi. Ichkilik ichish uchun uzum siqqanini ko’rgan kishi davlat boshqaruvida ishtirok etadi, yuqori martabaga erishadi. Gazaklar qo’yilgan ichimlik bazmiga taklif qilinganini ko’rgan kishi hijobga va shahidlik martabasiga da’vat etiladi. Ichkilik yolg’on, yoqimsiz so’z, sirning fosh bo’lishi, zino, bema’nilik, deb ham ta’bir qilinadi. Tushda ichkilik ichish ichgan kishining ahmoq va johil ekaniga ishoradir. Ichkilik ko’rish oila qurmoqchi bo’lgan kishi uchun yaxshidir.
IShDAN BO’ShASh
Tushda biror kishini ishdan bo’shatish ajrashish haqidagi qaror yoki kasb o’rgatishdir. Biror kishi tushida ishdan bo’shatilgani va o’rniga keksa kishi tayinlangani- ni ko’rsa, ishlari joyida bo’ladi. O’zining o’rniga yosh odam tayinlanganini ko’rgan kishi uchun dushmanlari tomoni- dan tuzoq tayyorlanadi.
Tushda yo’l
Tushda bitta yo’l ko’rish shariatga, ko’p yo’llar dinda bid’atga ishoradir. Tushida yo’ldan boshqa joydan yurgani- ni ko’rgan kishining dini buzuqdir. Tushida yo’li to’silib, narsalari qo’lidan olinganini ko’rgan kishi do’sti tu- fayli qiyin vaziyatga tushadi. Dengizda yo’l ko’rsatish qiyinchiliklardan qutulishdir. Tushda ko’rilgan yashirin yo’l kibr va bid’at, deb ta’bir qilinadi.
Tushda kavsat
Tushida jannatdagi Kavsardan suv ichganini ko’rgan kishi olim, obid mustahkam imon egas~’ ”a Allohning ra- suli (s.a.v.) sunnatlariga rioya etguvchg banda bo’ladi. Obi Kavsardan ichganini ko’rgan kishi kofir bo’lsa, musulmon; gunohkor bo’lsa, tavbakor bo’lib, bid’atdan sunnatga, yomon xotindan soliha rafiqaga, harom moldan halol daromadga o’tadi.