TURSUNXOʻJAYEV Saʼdullaxoʻja (1891 Toshkent 1938.4.10) davlat va jamoat arbobi. Turkistondagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri. Rustuzem maktabida oʻqigan (1898 — 1901). «Taraqqiyparvar» tashkilotining aʼzosi syfatida jadidchilik harakatida faol katnashgan (1908 — 17). Abdulla Avlonip, Munavvarqori, Nizomiddin Xoʻjayev va b. bilan hamkorlik qilgan. Turkiston oʻlkasi Oziq-ovqat xalq komissarligining Moskvadagi vakili (1917 — 18), Toshkent Eski shaxar Soveti ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1918), Turkiston ASSR Sogʻliqni saqlash xalq komissari (1918 — 19), Milliy ishlar xalq komissari, Tashqi ishlar xalq komissari (1919). Turkiston Kompartiyasi MK kotibi, ayni paytda Buxoro Kompartiyasi MK masʼul kotibi (1920 — 21). BXSRning Savdo va sanoat xalq noziri (1921), Turkiston ASSR Markaziy xalq xoʻjaligi Kengashi raisi oʻrinbosari (1921 — 22), Pomir oblasti inqilobiy qoʻmitasi raisi (1922 — 23). XXSR Ijtimoiy taʼminot, savdo va sanoat xalq noziri (1923 24), XXSR Nozirlar Shoʻrosi raisi oʻrinbosari, Davlat reja komissiyasi raisi, XXSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1924). Xorazm viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi (1924 — 25). Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilgach, SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashining Oʻzbekiston SSR boʻyicha vakili (1925 — 26), Oʻrta Osiyo suv xoʻjaligi qurilishi tashkiloti boshligʻi (1927), SSSR^ Yer ishlari xalq komissarligining Oʻrta Osiyo boʻyicha vakili (1928 — 34), Qozogʻiston SSR Suv xoʻjaligi Bosh boshqarmasining boshligʻi (1935 — 37). Tursunxoʻjayev «Milliy ittihod» Markaziy qoʻmitasi aʼzosi (1920 — 21) syfatida BXSRda katta tashkilotchilik ishlarini olib borgan.
Podsho Rossiyasi va sovet rejimiga qarshi siyosiy faoliyati uchun Tursunxoʻjayev bir necha marta qamoqqa olingan (1911-y. Qoʻqon; 1922-y. ; 1937.27.4, Olmaota). Toshkentda boʻlgan SSSR Oliy Sudi harbiy kollegiyasining majlisida otishga hukm qilingan va oʻsha kuni otib tashlangan. 1957-y. 1 avg. da oklangan.
Ad.:Azizzoda L, Yangi xayet kurashchilari, Tursunxoʻjayev, 1977; Validiy, Boʻlinganni boʻri yer [Xotiralar], T., 1977; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob (Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.