TURSUNOV Ulugʻ Toshmuhammedovich

TURSUNOV Ulugʻ Toshmuhammedovich (1905.9.1, Qoʻqon 1971.20.6, Samarkand) — tilshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), prof. (1958), filol. fanlari nomzodi (1941); 2-jahon urushi qatnashchisi (1941 — 45). Fargʻona ped. texnikumini (1924) va Leningrad sharqshunoslik intini (1930) tugatgan. Margʻilonda maktab oʻqituvchisi (1924 —25), Qoʻqonda bolalar uyi oʻquv boʻlimi mudiri (1925 — 27). 1930 — 32 y. larda bir paytning oʻzida Til va terminologiya qoʻmitasida ilmiy xodim, Oʻrta Osiyo untida oʻqituvchi va Tojik agropedagogika inti (Toshkent) da kafedra mudiri, 1933 — 34 y. larda Oʻzbekiston madaniy qurilish i. t. intida sektor mudiri, 1934 — 36 y. larda Til va adabiyot intida direktor urinbosari va sektor mudiri, 1936 — 71 y. larda Samarkand unti oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri.

Tursunovning ilmiy asarlari oʻzbek tili leksikologiyasi, terminologiyasi, grammatikasi, dialektologiyasi va rivojlanish tarixiga, umuman, oʻzbek tilining ilmiynazariy, amaliy va metodik masalalariga bagʻishlangan.

As: Uzbekchada feʼllarning yasalishi, Tursunov, 1930; Oʻzbek terminologiyasi masalalari, Tursunov, 1933; Hozirgi zamon oʻzbek tili [Morfologiya] (hammualliflikda), T., 1960; Sopostavitelnaya grammatika russkogo i uzbekskogo yazыkov (v soavtorstve), Samarkand, 1962; Oʻzbek tili leksikasining baʼzi masalalari (hammualliflikda), Samarkand, 1971; Oʻzbek adabiy tili tarixi, Tursunov, 1982; Hozirgi oʻzbek adabiytili [Leksikologiya, Morfologiya], 3nashri, Tursunov, 1992.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x