TURON TEKISLIGI, Turon pasttekisligi — Oʻrta Osiyoning shim. gʻarbiy va markaziy qismi hamda Qozogʻistonning jan. gʻarbida joylashgan tekislik. Shim. gʻarbda Ustyurtning shim. gʻarbi boʻylab Sharqiy Yevropa tekisligi (Kaspiyboʻyi pasttekisligi), Jan. Ural (Mugʻojarning sharqiy chekkasi, Uralorti penepleni), shim. da Gʻarbiy Sibir (Toʻrgʻay platosining shim. sharqiy tik yon bagʻri boʻylab), Qozogʻiston past togʻlari bilan (uning gʻarbiy chekkasi boʻylab), shuningdek, Betpakdala choʻli, BalxashOlakoʻl botigʻining shim. chekka qismlari boʻylab chegaralanadi. Jan. sharkda va jan. da Oʻrta Osiyo togʻlari (Jungʻariya Olatovining sharqiy, Tyanshanning shim., OlayHisor togʻlarining gʻarbiy, Paropamiz va Kopetdogʻ togʻlarining shim. etaklari), gʻarbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.
Turon tekisligi berk havza, uning markaziy qismida Orol dengizi botigʻi joylashgan. Mayd. 1,5 mln. km2. Oʻrtachabal. 150 — 200 m. Gʻarbiy qismi (Kaspiyboʻyi pasttekisligi) dengiz sathidan 28 m pastda, baʼzi bir botiqlar (mas., Qoragiyo botigʻining tubi) —132 m. Sharqqa tomon tekislikning balandligi ortib boradi.
Turon tekisligida Oʻrta Osiyoning yirik qumli, gilli, toshloq, lyossgilli choʻllari (Qoraqum, Katta va Kichik Boʻrsiq, Balxash boʻyi) joylashgan.
Turon tekisligi yer yuzasining tuzilishi xilmaxil, kelib chiqishi, shakli va yoshi jihatidan har xil orografik shakllar: pastgekisliklar, platolar, past togʻlar, qirlar, botiqlar, qad. daryo oʻzanlari, deltalar tarqalgan. Turon tekisligining markaziy qismini Turon pasttekisligi egallagan. Undan har tomonga balandlik ortib boradi. Bir qancha platolar (Ustyurt, Mangʻistov, Krasnovodsk, Shagʻiray va b.) bor. Ular ichida eng yirigi — Ustyurt. Platolar xamma tomondan tik yon bagʻir (chink) lar bilan oʻralgan. Past togʻlar T. t. ning gʻarbiy kismidagi Mangʻistov ya. o. da — Krratov (556 m), Shim. va Jan. Oktovlar, Kizilkumdagi Sulton Uvays togʻi (485 m), Boʻkantov (500 m), Yetimtogʻ (622 m), Tomditov (922 m), Aristontov (698 m), Ovminzatov (649 m), Quljuqtov (785 m), Qozoqtov (613 m), Balxash koʻlining jan. gʻarbida Jeltov, Oytov (1052 m) va b. Bular paleozoy togʻ jinslaridan tashkil topgan, suvayirgʻich qismi turli tuzilishga ega (qoyali, tekislangan yuzalar), yon bagʻirlari koʻpincha tik, qryali, koʻplab quruq soylar bilan kesilgan. Turon tekisligida mezokaynozoy togʻ jinslaridan tuzilgan bir qancha qirlar (Bodxiz, Qorabel, Qorabovur, Oqtumshuq va b.) mavjud. Ularning yon bagʻirlari nishabroq, atrofidagi tekisliklar bilan astasekin tutashib ketadi, bal. 1000 m gacha. Turon tekisligida bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Askaovdan, Mingbuloq, Qoraxotin, Oyoqogʻitma va b.) bor. Ularning uz. 40 km gacha, eni 20 km gacha (Qoragiyo) yetadi. Botiklar tubida baxrr faslida vaqtinchalik koʻllar gʻosil boʻladi. Baʼzilarda (mas., Sariqamishda) doimiy koʻl bor.
Turon tekisligida Oʻrta Osiyoning yirik daryolari: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshonning toʻrtlamchi davrda tentirab oqishi natijasida kelib chiqqan qad. oʻzanlari (Oʻzboʻy, Janadaryo, Aqchadaryo, Moxondaryo va b.) saqlanib qolgan. Baʼzi oʻzanlarning, mas., Oʻzboʻyning uz. 500 km dan ziyod, eni 300 m, chuq. 40—50 m ga yetadi. Turon tekisligida tugaydigan koʻpchilik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Tajan, Murgʻob va b.) yirik deltalar xrsil qilgan. Ularning tekis joylarida katta maydonga ega boʻlgan taqirlar, shoʻrxoklar vujudga kelgan. Kaspiy dengizining sharqiy, Orol dengizining jan. sharqiy qismlarida dengiz tekisliklari vujudga kelgan. Turon tekisligining katta qismida eol joʻyakli qumlar, joʻyakqovak qumlar, barxanlar, baʼzi qismlarida (Ustyurt, Kaspiy dengizi sohillarida) karst relyef shakllari tarqalgan.
Turon tekisligi Turon shgitasida joylashgan. Uning paleozoy choʻkindi, metamorfik va magmatik togʻ jinslaridan tashkil topgan poydevori har xil chuqurlikda oʻrnashgan, baʼzi hududlarda, mas., Markaziy Qizilqumda yer yuzasiga chikib, yangi tektonik xarakatlar taʼsirida past togʻlar hosil boʻlgan. Plitaning poydevorini mezokaynozoy yotqiziklari qoplagan. Iklimi keskin kontinental, shim. kismida moʻtadil, jan. da subtropik iklim. Kishi, shim. kismida sovuq, yozi issiq, havosi quruq, kam bulutli. Yanv. ning oʻrtacha trasi, shim. kismida —17°, —18°, jan. qismida esa 2°, 4°. Eng past tra, shim. qismida —35°, —40°, jan. da — 20°, —25°. Iyulning oʻrtacha trasi 25°, 35°, shim. kismida 21°, 22°. Eng yuqori tra 50° gacha koʻtariladi. Tekislikning katta qismida 200 mm dan kam yogʻin tushadi, eng kam yogʻin (80—100 mm) Amudaryoning quyi qismida. Shim. tomonga yogʻingarchilik koʻpayib, 300 — 400 mm ga yetadi.
Turon tekisligida doimiy oqar daryolar yoʻq, togʻlardan boshlanuvchi daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Ili, Chu, Murgʻob, Tajan va b.) tekislik hududiga yetib keladi. Tektonik, antropogen koʻllar (Orol, Balxash, Sariqamish, Aydarkoʻl, Dengizkoʻl va b.) mavjud. Turon tekisligi yer osti suvlariga boy, lekin, ularning katta qismi shoʻr. Chuchuk yer osti suvlari Turon plitasining poydevori va baʼzi qum massivlarida xrsil boʻlgan. Uning hududidan oqib oʻtuvchi daryolarda suv omborlari (Tuyamoʻyin, Tajan, Sariyoz, Hovuzxon, Yoʻloʻtan) va kanallar (Koraqum, AmuBuxoro va b.) barpo etilgan. Tuproklari kulrangqoʻngʻir, boʻz, qumli, taqir, oʻtloq, shoʻrxok, agroirrigatsion tuproklar. Ularning koʻpchiligi shoʻrlangan, chirindiga boy emas. Oʻsimlik qoplami siyrak, qurgʻoqchilik sharoitida substrat tarkibiga moslashgan, vegetatsiya davri qisqa boʻlgan shuvoq, shoʻra, juzgʻun, qum akatsiyasi, efemer va b. tarqalgan, vohalarda madaniy oʻsimliklar oʻstiriladi. Hayvonot dunyosi har xil, hayvonlar qurgʻoqchil sharoitda yashashga moslashgan. Bir qancha qoʻriqxonalar (Amudaryo, Badaytoʻqay, Bodxiz, Borsakelmas, Hasankoʻli, Repetek, Ustyurt, Qizilqum, Qoplonqir) tashkil etilgan. Turon tekisligi turli tabiiy boyliklar (ikGʻshmi, foydali qazilmalar, chorvachilik ozuqasi, yer)ga ega. Foydali qazilmalardan neft, gaz, oltin, fosforit, qurilish materiallari bor. Murod Mamatqulov.