Mazkur dargoh respublikamizdagi eng yirik kutubxonalardan biri sanaladi. 1919 yil “Turon” nomi berilgan kutubxona binosida dastlab Abdulla Avloniy boshchiligida “Turon” teatr truppasi tuzilgan. Toshkent maʼrifatparvarlarining “Turon” jamiyati tashabbusi va ularning shaxsiy kitoblari va sovgʻa qilgan jamgʻarmalari asosida mazkur kutubxonaga asos solingan. Ushbu maskan Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Gʻulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Mannon Uygʻur kabi taraqqiyparvar ziyolilarni birlashtirgan.
Hozirgi kunda kutubxonaning kitob fondi juda boy. Qolaversa, 100 ga yaqin davriy nashrlar bilan kutubxona fondi muntazam toʻldirib boriladi. Ushbu maskanda avtomatlashtirish keng yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib kutubxona jamgʻarmasidagi 75 ming nusxa oʻzbek tilidagi adabiyotlarning elektron katalogi tuzilgan.
X. HUSENOVA
https://saviya.uz/turfa-olam/turon-kutubxonasi/