TURMALIN (nem. Turmalin, singalezcha tormalli — serdolikdan) — mineral, zanjirli silikatlar sinfiga mansub murakkab va oʻzgaruvchan tarkibli, borli alyumosilikat. Tarkibi va rangiga koʻra, Turmalin quyidagi turlarga boʻlinadi: temirli Turmalin: sherl yoki afritsit (kora), vardelit (yashil, indigolit (toʻq koʻk); magnezial Turmalin: dravit (qoʻngʻirsariq); litiy l i T.: elbait (och binafsha rang, pushti), rubellit (toʻq pushti); marganesli Turmalin: tellaizit va b. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kristallari choʻziq, ustunsimon; prizmalar, dipiramidalar hosil qiladi. Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 7—7,5, zichligi 3—3,2 g/sm3. T. skarnlarda, granitli pegmatitlarda uchraydi. Turmalinning shaffof, tiniq, chiroyli xillari zargarlikda, yirik kristallari radiotexnikada ishlatiladi. Turkiston, Qoratepa, Pomir togʻlarining jan. qismida sherl kristallari topilgan. Zirabuloq, Nurota granitlarini tolasimon Turmalinning tim kora tomirlari yorib oʻtadi. Nurotada birinchi marta vanadiyli toʻq jigarrang Turmalin topilgan. Turmalin konlari xorijda RF (Ural, Baykal orti), Braziliyada, Madagaskar va Shri Lanka o. larida mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые