TURMA

TURMA, qamoqxona — ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasasinnnt bir turi. Oʻzbekiston Respublikasi JIK ga koʻra, Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish jazoning muayyan qismi, lekin 5 y. dan koʻp boʻlmagan muddatga oʻta xavfli retsidivistlarga va ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun 5 y. dan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Shuningdek, Turmalar umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzganlik uchun oʻtkazilgan shaxslarni saqlashga moʻljallangan. Turma larda mahkumlar umumiy kameralarda saklanadi. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qoʻyilishini taʼminlash maqsadida muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiklangan qarori asosida uni 1 kishilik kamerada saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Turmada mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 75 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat maqsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Ular har muddati 1 soatlik sayr qilish va yil mobaynida 2-marta qisqa muddatli hamda 1-marta uzoq muddatli uchrashuv, 2-marta telefon orqali soʻzlashuv, 2 ta posilka yoki yoʻkdov, shuningdek, 2 ta banderol olish huquqiga ega. Turma larda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatdan oldin oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, mahkumni sogʻligʻiga koʻra tegishli tibbiy xulosa asosida oʻtkazish hollari bundan mustasno. Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek, 1 va 2guruh nogironlari Turma larda jazoni yengillashtirilgan saklash sharoitida oʻtaydilar.

Mirzayusuf Rustamboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x