TURKMANLAR

TURKMANLAR — xalq, TurkmanisGʻyaoyaning asosiy aholisi (2537 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari). Shuningdek, Oʻzbekiston, Shim. Kavkaz, Astraxon viloyati va RFning bir nechta shaharlarida, Afgʻoniston, Eron va Turkiyada yashaydi. Umumiy soni 4,6 mln. kishi. Turkman Gʻpilila soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

Turkmanlarning etnogenezida mahalliy daxmassagetlar, shuningdek, sarmatlar, alanlar qabilalari, qisman qad. Margʻiyona, Parfiya va Xorazm davlatlari aholisi qatnashgan. 1ming yillik oʻrtalarida Kaspiy boʻyi choʻllarida turkiy qabilalar, 9-a. da oʻgʻuzlar paydo boʻlgan. Ular Turkmanlarning etnogenezida muhim rol oʻynagan. Oʻgʻuzlarning asosiy guruhi 11-a. da shim. sharqdan kelib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan. 15-a. da turkman elati shakllangan. 20-a. gacha Turkmanlarda qabilaurugʻlarga ajralish saqlangan. Ulardan eng yiriklari: takalar, yovmutlar, ersari, solurlar, sariklar, gyoklan va choudorlar boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x