Post Views:
140
Turkiyaning Iznik shahrida usmoniylar davlatining birinchi ro‘yxatga olingan me’moriy obidasi – Xoji O‘zbek masjidi qad rostlab turibdi.
734 hijriy, 1333-34 melodiy yillarda qurilgan ushbu masjid bugungi Turkiyaning diqqatga sazovor, sayohatchilar e’tiboridagi obidalaridan hisoblanadi. Internet tarmoqlarida ushbu masjid suratlarini ko‘plab uchratish mumkin.
Turk manbalarida keltirilishicha, Iznik (o‘sha davrdagi Nikeya) O‘rxon I tomonidan fath qilingandan so‘ng 3 yil o‘tib bino qilingan masjid o‘z uslubiga ko‘ra o‘xshashi yo‘q hisoblanadi. 7,92×7,92 m o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qurilgan masjid diagonali 8 m bo‘lgan gumbazga ega.
1940-yillarda yo‘lni kengaytirish maqsadida masjidning g‘arbiy qismidagi ustunlar va sahn buzilgan.
1959 yildagi qurilish natijasida binoning shimoliy qismi kengaytirilgan.
https://shosh.uz/uz/turkiyadagi-xoji-ozbek-masjidi-usmoniylar-davrining-ilk-inshootlaridan/