TURKISTON SAROYI

«TURKISTON» SAROYI — Toshkentdagi Mustaqillik maydoni shim. da Anhor boʻyidagi konsert zali binosi. Dastlab «Turkiston» kinokonsert zali deb nomlangan (1992, meʼmorlari Yu. Xaldeyev va F. Tursunov), keyinchalik yozgi teatr sahnasi (1993, meʼmori V. Akopjanyan) da xalq anʼanaviy bayramlari, teatrlashtirilgan tomoshalar oʻtkazilishi munosabati bilan hoz. nomi bilan yuritila boshlagan.

Bino oldidagi keng sahnli maydoncha koʻkalamzorlashtirilgan. 3 pogʻonali, marmar bilan krplangan favvoralar ishlangan hamda humo qushi tasviri tushirilgan (rassom B. Jalolov eskizi) yodgorlik oʻrnatilgan. «Turkiston saroyi»s. ga zinapoyalar orqali koʻtariladi. Bosh tarzi muqarnas bezakli. Binoning pastki qavatida kassa, texnik xizmat xonalari joylashgan. Vestibyulga kiraverishda Turkistonning tarixiy shaharlari panoramasi havo rangda, baʼzi qismlari sariq rangda aks ettirilgan. Yirikyirik qilib taxlangan qizil marmar tosh sirli sopol idishlar, oʻsimliklar bilan uygʻunlashtirilgan holda foyening chap qanotida dam olish burchagi tashkil qilingan. 2kavat vestibyul yon oynasidan B. Jalolovning «Umar Xayyom tushlari» asari oʻrin olgan. Tomosha zali muqarnaslar, ganchkori bezaklar, tuxumsimon gumbaz va kundal naqshlar bilan pardozlangan.

Yozgi teatr (3200 oʻrinli) qad. teatr maydoniga xos uslubda qurilgan. Markaziy arena qurilmasi kiya tirgak va chambarak toj shaklida boʻlib, dorboz va kurashchilarning chiqishlari uchun, zamonaviy tomosha va konsertlar uchun moslashtirilgan. Yirik oʻlchamli yorugʻlik texnikasi va akustik jihozlar, maxsus meʼmoriy qurilmalar bilan jihozlangan. 200 oʻrinli qahvaxonasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x