TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI — maʼmuriyhududiy birlik. Rossiya imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy Turkiston hududida Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan tashkil etilgan (1867-y. 11 iyul). Xuddi shu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi generalgubernatori etib rus podshosining yaqin mulozimi generaladyutant K. P. fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (1867 — 81) Turkiston oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan. Kavkaz, Boltiqboʻyi oʻlkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali maʼmur va usta siyosatchi ekanligini koʻrsatgan fon Kaufmanni «Turkistonning bunyodkori» deb ulugʻlashgan. U Toshkent jamoatchiligi vakillari yigʻilishi (1868-y. 22 yanv.)da birinchi bor ruslarni Turkiston xalklarining «katta ogʻasi» deb atagan.

Rossiya imperatori fon Kaufmanga oʻlkani boshqarishda cheklanmagan huquq va vakolatlar bergan, natijada uni xalq «yarim podsho» deb bilgan. Ichki va tashqi siyosatda uning erkin ish yuritishi mumkinligi imperator tomonidan berilgan «Oltin yorliq»da oʻz aksini topgan.

1868—80 y. lar davomida harbiy istilolar natijasida dastlab 2 viloyatdan iborat generalgubernatorlikka yana 3 viloyat qoʻshildi. 19-a. ning oxirlarida Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo, Yettisuv, Samarkand, Fargʻona va Zakaspiy kabi 5 viloyatdan iborat boʻlib hududi Yevropa Rossiyasining U3 qismiga teng edi. Turkiston general-gubernatorligining barcha hududi 1.779.618 chaqirimga teng boʻlgan. Rossiya hukmdor doiralari Turkistonni imperiyaning tarkibiy qismiga aylantirish va xalqlarini ruslashtirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Oʻlkadagi siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan edi.

Asriy milliy davlatchilikni yoʻqotib ruscha idora usulini qoʻllash uchun SanktPeterburgning oliy siyosiy doiralari qonunlar majmuasini ishlab chiqdi. U tarixga «Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom» nomi bilan kirgan. Nizomga koʻra, oʻlka hokimiyati «harbiyxalq boshqaruvi» deb nomlandi. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlar (oblast), tuman (uyezd), jabhalar (uchastka), boʻlislar (volost) va oqsoqolliklarga boʻlindi.

Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus ofitsergenerallari, boʻlis va oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq vakillari boshqargan. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar, tuman — uyezd boshliklari, jabhalarga esa uchastka pristavlari tayinlangan.

Mustamlakachilar mahalliy boshqaruv idoralariga masʼul shaxslar tayinlanishida nihoyat hushyor ish tutib, ilgʻor, taraqqiyparvar va millatparvar kishilar boʻlis boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi yoki qozi sifatida saylanib qolsa, ularni lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiylanayranglarni ishga solganlar.

Turkistonda mustamlaka idorasi 1898-y. gacha «harbiyxalq», undan keyin esa «maʼmuriypolitsiya boshkaruvi» deb atalgan boʻlsa ham uning mohiyati mazmunan oʻzgarmagan, barcha vakolatlar rus maʼmuriyati qoʻlida jamlangan.

Turkistondagi siyosiy idora tizimi «tub aholi oʻrtasida har qanday norozilikni tagtugi bilan shafqatsiz bostirish, bironbir dushmanlik holati sezilsa, darhol uning kuchayishiga yoʻl qoʻymay boʻgʻib tashlash, tartibbuzarlar va ularning maslakdoshlariga tegishli saboq berish va ularga rus qudratini koʻrsatib qoʻyish uchun har qanday choratadbirlar koʻrish» ruhi bilan sugʻorilgan.

Turkistondagi milliy ozodlik harakatini boʻgʻib tashlash, istiqlol uchun kurashga qodir shaxslarni «zararsizlantirish» rejasi ishlab chiqilib, uni ijro etishga barcha mustamlaka arboblari jalb etilgan.

Rus dvoryanpomeshchiklari oʻlkani ruslashtirishning iqtisodiy tomonini koʻzlab, Davlat dumasida Turkiston oʻlkasidagi «ortiqcha» yerlarni musodara qilishni yoqlab muxoliflarini siquvga olishgan. 1910-y. 7 apr. da Davlat dumasi «Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom»ning 270moddasini «Turkiston koʻchmanchilarining ortiqcha yerlarini kolonizatsiya ehtiyojlari uchun» musodara etishga ruxsat beruvchi qoʻshimcha bilan toʻldirish masalasini muhokama qildi. Rus mustamlakachi shovinistlari tovushi baland kelib qonun loyihasi qabul qilindi va 1910-y. 19 dek. dan qonun kuchga kirdi. Toʻqqiz yil ichida ana shu konunga koʻra, SirdaryoFargʻona koʻchiruvchilik rni boʻyicha tub aholining 744,9 ming desyatina yeri ruslarga taqsimlab berildi. Podshoning musodarachilik siyosati oʻta shafqatsizlik bilan davom ettirildi.

Imperiya xukmdor doiralari Turkiston oʻlkasi rus va tub aholisi uchun maxsus siyosat dasturini ishlab chikdi.

Harbiy mirshablik ruhi Turkiston general-gubernatorligi siyosiy tuzumida oʻzining yaqqol ifodasini topgan.

Turkiston generalgubernatori bir vaqtning oʻzida oʻlka bosh hokimi, okrug qoʻmondoni, bosh prokuror va bosh mirshab vazifalarini bajargan.

1867-y. dan 1917-y. gacha Turkiston general-gubernatorligini boshqarganlar: K. P. fon Kaufman (1867 — 81), G. A. Kolpakovskiy (188182), M. G. Chernyayev (188284), N. O. Rozenbax (188488), A. B. Vrevskiy (1889—98), S. M. Duxovskoy (18981901), N. A. Ivanov (1901 — 04), P. N. Tevyashov (190405), D. I. Subbotich (190506), N. I. Grodekov (1906—08), P. I. Mishchenko (1908 — 09), A. V. Samsonov (1909—13),Flug (191315), Martson (191516), A. N. Kuropatkin (1916—17).

Turkiston general-gubernatorligi 1917-y. 31-martda tugatilib oʻrniga «Turkiston qoʻmitasi» tuzilgan(1917-y. apr. noyab.).

Ad.: Abramov F., Polojeniye ob upravlenii Turkestanskim krayem, Turkiston general-gubernatorligi, 1916; S ad oʻ kov X., Politikoadministrativnoye ustroystvo Turkestanskogo generalgubernatorstva, Turkiston general-gubernatorligi, 1973; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000-y.

Hamdam Sodiqov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x