«Turkiston albomi»


Post Views:
34

«TURKISTON ALBOMI» – Turkiston o‘lkasi, uning ijtimoiy hayoti, aholining turmush tarzi, madaniyati va tarixi aks ettirilgan birinchi noyob fotoalbom. Turkiston general-gubernatori Kaufman topshirig‘i bilan sharqshunos A.L.Kun rahbarligida tayyorlangan (1871–72). Albom 447 kartonli varaqdan iborat bo‘lib, unda 1262 ta fotosurat jamlangan. Fotoalbom 4 qism: o‘lka etnografiyasi, arxeologiyasi, tarixi va hunarmandchiligidan iborat. «Toshkent albomi»ning arxeologiya qismi (154 varaq, 363 rasm) A.L. Kun va N.V.Bogayevskiy tomonidan, etnografiya qismi (163 varaq, 496 rasm) A.L.Kun, hunarmandchilik qismi (45 varaq, 213 rasm) A.L.Kun va M.I.Brodovskiy, tarix qismi (79 varaq, 211 rasm) M.A.Terentyev tomonidan tayyorlangan. Albomdagi aksariyat fotosuratlar Toshkentdagi birinchi fotoatelye egasi N.N.Nexoroshev va harbiy fotograf podporuchik G.Krivsov tomonidan olingan. «Toshkent albomi» qadimiy Toshkentning madaniy-tarixiy yodgorliklari, bozorlari, karvonsaroylari, choyxonalari, serqirra milliy hunarmandchiligi, darvozalari, shaxsiy turar joy binolari, mudofaa devorlari, ariq va kanallari hamda aholining turmush tarzi keng aks ettirilgani bilan qimmatlidir. Fotoalbom 10 jilddan iborat bo‘lib 7 nusxa tayyorlangan. Uning bir nusxasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining noyob adabiyotlar bo‘limida saqlanadi.

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/turkiston-albomi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x