TURIN

TURIN — Italiyaning shim. qismidagi shahar, Po daryosi boʻyida. Pyemont viloyati va Turin provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 857,4 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazi. Sanoatida «FIAT» konserni yetakchi oʻrinda. Mamlakatda ishlab chiqariladigan avtomobillarning 90%, traktorlar, samolyot, aviamotor, t. y. va elektrotexnika jihozlari ishlab chiqariladi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi. mashinalari, aniq mexanika va optika, radioelektronika, harbiy sanoatlar rivojlangan. Qora va rangli metallurgiya, kimyo, rezina, farmatsevtika, poligrafiya, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Unt (15-a.), sanʼat, arxeologiya va b. muzeylar, kartinalar galereyasi, Xalqaro avtomobil va texnika salonlari bor. T. —Italiyada modali kiyimlar tikish markazi.

Shaharga mil. av. 29—28 y. larda rimliklarning harbiy istehkomi sifatida qishloq oʻrnida asos solingan. 1720— 1860-y. larda Sardiniya qirolligi, 1860—65 y. larda Italiya qirolligi poytaxti. Turinda antik davr, oʻrta asrlarga oid va Uygonish davri meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x