TURGOR

TURGOR (lot. turgere — boʻrtmoq, toʻlmoq) — hujayra qobigʻining taranglik holati. Turgor xujayra ichidagi suyuklik va tashqi eritmaning osmotik bosimi qamda hujayra qobigʻining elastikligi tufayli roʻy beradi. Odatda, hayvonlar hujayrasi qobigʻining tarangligi uncha yuqori boʻlmaganidan (baʼzi boʻshliqichlilar bundan mustasno) Turgor holati kuchli emas; ularning bir butunligini faqat izotonii eritmalar saqlaydi. Tirik oʻsimlik hujayralarida esa ichki hujayra shirasining osmotik bosimi tashqi eritma osmotik bosimidan har doim katta, lekin hujayra devori sellyulozadan iborat boʻlganligi uchun hujayra qobigʻi yorilib ketmaydi. Turgor tufayli oʻsimlik toʻqimalari tarang va mustahkam boʻladi. Avtoliz jarayoni, oʻsimlikning soʻlishi va qarishi Turgor pasayishi oqibatida roʻy beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x