TURGʻAR

TURGʻARSugʻd (Samarkand) hukmdori (738—750). Gʻuraknnnt oʻgʻli. Uning ismi oʻzi zarb qildirgan tangalarda twryʻr («Turgʻar»), xitoy yilnomalarida Duge (Touho), arab manbalarida Turxar yoki Yazid shakllarida qayd etiladi. Shuningdek, u arab manbalarida «alMuxtor» («Tanlangan») laqabi bilan ham zikr etiladi. Turgʻar otasi oʻrniga arablarga vassal sifatida 738-y. da Samarkand taxtiga oʻtirgan va musulmoncha Yazid ismini olgan. Bu paytgacha u Ishtixon hokimi boʻlgan, Jumladan, Tanshu nomli xitoy yilnomasida Kan (Sugʻd) hukmdori Ulega (Gʻurak)ning 731-y. Duge ismli oʻgʻlini Sao (Ishtixon) sh. ga, Mochjo ismli 2oʻgʻlini Mi (Maymurgʻ) sh. ga hokim etib tayinlanganligi va uning otasining oʻlimidan soʻng Samarqand hukmdori boʻlganligi qayd etiladi.

Turgʻarning yoshlik yillari arab bosqinlari va ularga qarshi otasi Gʻurakning olib borgan kurashlari davriga toʻgʻri kelgan. U arablarning vassali sifatida Sugʻd ixshidi boʻlib turgan davrda ham arablarga qarshi zimdan kurash olib borgan. Xususan, uning 740, 750-y. larda Xitoyga elchilar yuborganligi maʼlum.

Turgʻarning avlodlari hadisshunos olimlar boʻlib, atTurkiy anNasafiy nisbasi bilan ijod qilishgan. Jumladan, ular orasida Abu Axmad Tolib ibn Ali ibn alHasan ibn Turxar ashShirakasiy anNasafiy (vafoti 900-y.) va 10—11alarda yashagan Abu Isʼhoq Ibroxim ibn Abu Ali Muhammad ibn Abu Abdulloh Muhammad ibn Amr ibn Solih ibn Turxar anNasafiy atTurxariy kabi nasaflik hadisshunoslar uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x