TURFON SOYLIGI, Turfon botigʻi — Tyanshan togʻlarining sharqiy tarmoqlaridagi tektonik botiq, Xitoy hududida. Uz. 200 km, eni 70 km chamasida. Turfon soyligining eng choʻkkan qismi dengiz satxidan 154 m pastda, bu Osiyoning quruklik qismidagi eng past joy. Yer yuzasi tekislik. Mezozoy va kaynozoyning qumgil yotqizikdaridan, togʻ oldi chaqirtosh qatlamlaridan tuzilgan. Tubining bir qismi achchiqshoʻr suvli koʻl. Iklimi keskin kontinental, yozi issiq (iyulning oʻrtacha trasi 33°, eng yuqori tra 47,6°), kishi sovuq (yanv. ning oʻrtacha trasi —9,6°). Yiliga 20 mm gacha yogʻin yogʻadi. Oʻsimliklar vaqtincha oqar soylar oʻzanida uchraydi. Turfon soyligining koʻp qismi choʻldan iborat, shoʻrxoklar, chekkalarida vohalar bor. T. s. da Turfon sh. joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые