TURBOVINTLI DVIGATEL — asosiy tortish kuchini havo vinti, qoʻshimcha (8—12% gacha) tortish kuchini reaktiv soplodan chiqadigan gaz oqimi hosil qiladigan aviatsiya dvigateli. Tovush tezligidan sekin uchadigan samolyotlar va vertolyotlarda ishlatiladi. Uchish paytida unga kiradigan atm. havosi oldin havo olish mexanizmida, keyin turbokompressor da siqiladi va yonish kamerasiga oʻtadi. Bu yerga suyuq kimyoviy yonilgʻi (odatda, aviatsiya kerosini) purkaladi. Yonilgʻi yonganda hosil boʻladigan gazlar turbinada kengayib, kompressor va havo vintini aylantiradi. Gazlarning uzilkesil kengayishi reaktiv soploda yuz beradi. Turbokompressor rotori va havo vintining aylanish tezligini bir-biriga moslash uchun reduktordan foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые