TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO INSTITUTI, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot davlat instituti — yirik ilmiy muassasa. Toshkent sh. da joylashgan. Dastlab 1920-y. da Turkiston unti qoshida tashkil etilgan. 1932-y. da Butunittifoq Paxtachilik ilmiy tadqiqot inti (SoyuzNIXI)ning oʻgʻitlar va agrotuproqshunoslik Markaziystyasigaaylantirildi. 1943 — 60 ylarda Oʻzbekiston FAning Tuproqshunoslik inti, 1961—64 y. larda Oʻrta Osiyo Paxtachilik davlat qoʻmitasinig Tuproqshunoslik inti, 1965—72 y. larda OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligining Tuprokshunoslik i. t. inti, 1973—98 y. larda Oʻzbekiston FA Tuprokshunoslik va agrokimyo i. t. inti. 1998-y. 24-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi tarkibida. Intda (2004): tuproqlar genezisi va geografiyasi; yirik masshtabli xaritagrafiya; tuproklar fizikasi va texnologiyasi; tuproklar kimyosi, fizikkimyosi va mineralogiyasi; agrokimyo; shoʻrlangan tuproqlar genezisi va melioratsiyasi; tuproq unumdorligini boshqarish va baholash; tuproklar bioekologiyasi; tuproq informatikasi; analitik markaz boʻlimlari, shuningdek, tuproq muzeyi, ilmiy kutubxona va tajriba maydonchasi faoliyat koʻrsatadi.
Intining asosiy ilmiy yoʻnalishlari: tuproklar evolyutsiyasi va tuproq qoplami oʻzgarishlarining genetikgeografik xususiyatlari; tuproq unumdorligi modellarini va tuproq qoplami haqida maʼlumotlar bankini tuzish, tuproklar ekologik holatining oʻzgarishlarini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish va uni boshqarish yoʻllarini ishlab chiqish; eroziyaga uchragan, zichlashgan, gumus holati yomonlashgan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash; shoʻrlangan tuproqlarni shoʻrsizlantirish usullarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi. yerlari tuproqlari monitoringini yuritish va b. Int faoliyati A. N. Rozanov, M. A. ʻ Pankov, M. A. Orlov, A. 3. Genusov, Ya. M. Nosirov, V. B. Gussak, S. A. Kudrin, B. V. Gorbunov, N. V. Kimberg, S. A. Roʻjov, I. N. Felitsiant, A. A. Dimo, V. A. Kovda, O. K. Komilov, H. Maxsudov, Ye. K. Kruglova, A. M. Rasulov, M. U. Umarov, J. Sattorov, T. S. Zokirov, I. T. Turopov, R. Q. Qoʻziyev kabi olimlarning nomlari bilan bogʻliq. Intda aspirantura, doktorantura bor. Ilmiy ishlar, monografiyalar nashr kiladi. Respublikadagi oliy oʻquv yurtlari, xorijiy mamlakatlar ilmiy muassasalari bilan ilmiy aloqalarga ega. Bonn unti (GFR) bilan YUNESKO doirasida va suv resurslaridan samarali foydalanish dasturi boʻyicha hamkorlik kiladi.
Saʼdulla Abdullayev.