TUPROQQALʼA

TUPROQQALʼA — qad. shaharqalʼa xarobasi; mil. 3—4-a. lardagi xorazmshohlar qarorgohi. Hoz. Beruniy sh. atrofidagi hududda joylashgan. 1938—50 y. larda S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan. Tuproqqalʼa tarhi toʻgʻri burchakli (500×350 m) boʻlib, gumbazsimon yoʻlakli va burjli mudofaa devori bilan oʻralgan. Devorning mustahkam jan. darvozasidan otashkada tomon markaziy koʻcha oʻtgan. Koʻndalang tushgan koʻchalar shaharni 10 ta kvartal (mahalla)ga ajratgan. Tuproqqalʼaning madaniy qatlamidan, mil. boshlaridan 6-a. gacha boʻlgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. Tuproqqalʼaning shim. sharqiy qismida maxsus koʻtarma supa (bal. 14 m, mayd. 80*80 m) ustiga xom gʻishtdan saroy qurilgan. Unga yondosh qilib bal. 25 m li 3 ta minorasi boʻlgan ark binosi (mayd. 40×40 m) bunyod etilgan. Arkka sharq tomonidan kutarma yoʻlak orqali kirilgan. Tuproqqalʼada 100 ga yaqin turar joy, xoʻjalik binolari va 8 ta saroy xonalari qazilgan.

Xonalar devori boʻrtma naqshlar va relyefli rangli haykallar bilan bezatilgan (q. Tuproqqalʼa deeopuii rasmlari va haykalpari). Tuproqqalʼaning sharqiy qismida qurolaslaha ustaxonasi boʻlgan, u yerdan temir nayzalar, 3 parrakli oʻqlar, saroyning yemirilib ketgan 2qavatidagi podsho arxividan esa teri va yogʻoch taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjat topilgan. Ular qad. xorazmiy gilida bitilgan (1—3-a. lar). Tuproqqalʼadan jun, shoyi, ip gazlama parchalari, boʻyra, rangli gilam, koʻplab haykal boʻlaklari, sopol buyumlar va Kushon tangalari topilgan. Tuproqqalʼa sugʻorish inshootlarining buzilishi, harbiy toʻqnashuvlar natijasida xarobaga aylangan.

Ad. Tolstov S. P ., Drevniy Xorezm, M., 1448; Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Tuproqqalʼa, 1964.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x