TUNKAT

TUNKAToʻrta asr shahar xarobasi (mil. 5—12-a. lar). Ohangaron daryosi havzasida joylashgan. M. Ye. Massoy (192934) va Yu. F. Buryakov (195962) tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Umumiy mayd. 50 ga. Ark, shahriston va raboddan iborat boʻlib, atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan. Tunkat oʻrnidagi qishloq 5-a. boshlarida chorvador qabilalarning oʻtroqpashishi tufayli vujudga kelgan. 6-a. ga kelib qishloq shaharga, 6-a. oxirida esa Iloq poytaxtiga aylangan. Qoramozor togʻlarida oltin va kumush konlari mavjuddigi Tunkatning tez taraqqiy etishiga imkon bergan. Tunkat arkida hokim saroyi, masjid qurilgan. Shahriston va raboddan koʻplab metall, shisha va sopol buyumlarning topilishi, Tunkatda hunarmandchilik rivoj topganidan darak beradi. Tunkat dan, shuningdek, zebziynat buyumlari, qurolyarogʻlar va koʻplab tangalar topilgan. Tunkatning oʻz zarbxonasi boʻlgan. Krraxoniylar bilan kurash, qazilma boyliklarining tugab qolishi va Tunkatning savdo yoʻlidan chetga chiqib qolishi natijasida 11-a. ning 2yarmidan shahar tanazzulga uchragan. 12-a. dan Tunkat kimsasiz, tashlandiq holga kelib qolgan.

Ad.: Macson M. Ye., Axangeran. Arxeologotopograficheskiy ocherk, Tunkat, 1953; Buryakov Yu . F., Genezis i etapoʻ razvitiya gorodskoy kulturoʻ Tashkentskogo oazisa, Tunkat, 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x