Tumordagi surat

O. Henri

 

Shanba oqshomi Endi Donavan oltinchi mavzedagi uyiga kelib, yangi qoʻshnisi – yoshgina Konvey xonim bilan tanishdi. U odmigina qizgʻish koʻylak kiyib olgan-di. Ikki hafta oʻtib, Endi yoʻlda tamaki tutatib ketarkan, orqasida ship-ship tovush eshitildi. Oʻgirilib qaradi-yu, koʻzini uzolmay qoldi: Konvey xonim! Koʻylagi ham, shlyapasi ham qop-qora. U qadamini sekinlatib, qoramtir qoʻlqopini kiydi. Sochlari silliq taralib turmaklangan, chiroyli yuzlaridan nur yogʻilardi.

 – Fayzli oqshom, Konvey xonim, – dedi yigit.

 – Juda-juda fayzli, janob Donavan, – dedi Konvey xonim xoʻrsinib.

 – Men uning sizga qarindoshligiga ishonmayman. Judolik boʻlganiga ham, – dedi Donavan.

 – Oʻlim haq, – dedi Konvey xonim kalovlanib. – Toʻgʻri, qarindoshimiz emas-u, ammo… Bilasizmi, men sizni dardimga sherik qilmoqchi emasman, janob Dona-van.

 – Nimaga, Konvey xonim?!. Lekin, kechirasiz-u, hech kim sizga menchalik hamdard boʻlolmaydi. Ruxsat esangiz, bogʻ sayriga taklif qilsam.

 – Rahmat, janob Donavan. Iltifotingizni qabul qilaman, agar hamrohingizning qalbi gʻam-hasratga limmo-limligini his qilsangiz, albatta.

Ular istirohat bogʻining ochiq darvozasi tomon yoʻl olishdi. Xilvatroqdagi skameykaga kelib oʻtirishdi.

 – U mening sevganim edi, – dedi Konvey xonim nafas rostlab. – Biz kelgusi bahor toʻy qilib, turmush qurmoqchi edik. Graf edi. Mol-davlati bois Italiya

bilan bogʻlangandi. Uning ismi-sharifi graf Fernan-do Mazzini. Dadam Italiyaga qochib ketishimizga qarshilik qildi. Shunga qaramay, kelgusi bahor toʻy qilishimizga rozilik berdi. Fernando toʻy tadorigida Italiyaga ketgandi… Uch kun oldin kelgan maktubda aytilishicha, Fernando havo sharida baxsiz tasodifga uchrab halok boʻlibdi… Suratini tumorimda asrab yuribman. Uni hech kimga koʻrsatmaganman, lekin sizga koʻrsataman, chunki sizning samimiy doʻstligingizga ishonaman.

Konvey xonim tumorini ochib, suratni koʻrsatdi. Endi qiziqib unga uzoq termuldi.

 – Buni u Italiyaga ketayotganida, kechasi taqdim etgandi.

 – Konvey xonim, keyingi yakshanba Koneyda boʻladigan kechaga meni taklif esangiz juda xursand boʻlardim.

Bir oydan soʻng ular boshlariga tushgan kulfatdan qoʻni-qoʻshnilarni ogoh etdilar. Konvey xonim motam tutishda davom etdi.

Kunlarning birida kechqurun ikkovi yana shahar bogʻi-ning oʻsha xilvat joyida birga oʻtirib qolishdi. Janob Donavan. kun boʻyi mavhum qaygʻu ogʻushida edi.

 – Sizga nima boʻldi, Endi, bugun juda xafa koʻrinasiz?

 – Hech narsa, Maggi.

 – Men sizni hech qachon bunday holatda koʻrmaganman. Garovlashib aytamanki, siz boshqa qiz haqida oʻylayapsiz. Uni sevarkansiz, nega yoniga bormaysiz?

 – Keyin aytaman, – dedi Endi. – Lekin siz meni tushunmaysiz. Ayting-chi, Mayk Syullivan degan odam haqida eshitganmisiz? Hamma uni Katta Mayk Syulli-van deb chaqiradi.

 – Yoʻq, eshitmaganman, – dedi Maggi xotirjam. – agar u sizni shu holga solgan boʻlsa, eshitishni xohlamayman ham.

 – Katta Mayk – mening doʻstim. Uni bugun koʻrdim va ikki hafta ichida uylanishimni aytdim. “Endi, – dedi u, – menga taklimfnoma yubor, toʻyingga albatta kelaman”. U aytganining ustidan chiqadigan yigit. Lekin, Maggi, Katta Maykning toʻyimizda qatnashganidan koʻra, bir qoʻlimni kesib tashlaganim afzal. Shu bois bu oqshom kayfiyatim nosoz. Uning toʻyga kelmagani maʼqul. Buni siz soʻramang, men aytmay.

 – O, – dedi Maggi, – bu, menimcha, siyosatga bogʻliq masala boʻlsa kerak?

 – Maggi, – dedi Endi uning koʻzlariga qarab, – siz uni… graf Mazzinini oʻylaganchalik meni oʻylaysizmi?

U ancha vaqt kutdi, biroq javob boʻlmadi. Toʻsatdan qiz uning yelkasiga bosh qoʻyib yigʻlay boshladi.

 – Endi, – deya shivirladi Maggi, – men sizni alda-gandim. Siz menga hech qachon uylanmaysiz, sevmaysiz ham. Lekin men sizga dardimni aysam, Endi, graf degan gap yoʻq. Hayotimda hech qachon sevgan yigitim boʻl-magan. Hamma qizlarning yigiti bor edi. Qizlar yigitlari haqida gaplashishardi va menga ular yanada koʻproq sevadigandek tuyulardi. Nihoyat, Endi, bir suratkashdan shu rasmni sotib oldim, tumorimga soldim va graf haqidagi, uning oʻlimi haqidagi hikoyamni toʻqidim. Va nihoyat, beva kabi qora kiydim. Hech kim yolgʻonchini sevmaydi, siz meni tashlab ketasiz.

U Endining qoʻlini qoʻyib yuborish oʻrniga mahkamroq ushladi va noz ila jilmayib qoʻydi.

 – Nahot ayrilamiz, Endi?

 – Mana, – dedi Endi, – bor gapni aytdingiz, Maggi.

 – Endi, – dedi Maggi erkalanib, – graf haqidagi hikoyaning hammasiga ishondingizmi?

 – Yoʻgʻ-e, unchalik emas, – dedi Endi sigaret qutisiga qoʻlini choʻzib. – Tumor ichidagi surat – Katta Mayk Syullivaning surati-ku, axir!

 

Oʻroq RAVSHANOV tarjimasi

https://saviya.uz/ijod/nasr/tumordagi-surat/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x