TULKILAR

TULKILAR (Vulpes) — boʻrisimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugʻi; tanasining uz. 40—90 sm, dumi 60 sm cha. Tanasi choʻziq, oyoklari nisbatan kalta. Uzun dumidagi moʻynasi baroq. Juni sariqdan to kumushqizgʻish (deyarli qoramtir) tusgacha. Tulkilarda mavsumiy va geografik dimorfizm kuchli namoyon boʻladi. 6 — 11 turi maʼlum. Yevrosiyo, Afrika, Shim. Amerikada tarqalgan. Avstraliyaga ham olib kelingan. Oʻzbekistonda 2 turi (oddiy tulki, korsak) uchraydi. Ularning oziqlanish va yashash joyi xilmaxil: oʻrmontundradan boshlab sahro mintaqasigacha. In quradi. Asosan, kemiruvchilar, sut emizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Odatda, 4—6 ta, baʼzan 17 tagacha bola tugʻadi; eng yirik vakili oddiy tulki. Tanasining uz. 90 sm gacha, dumi 60 sm cha. Kechqurun qorongʻi tushishdan oldin faol boʻladi. Moʻynasi moʻyna sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Tulkilarning qoramtir rangli moʻynasi ayniqsa yuqori baholanadi. Tulkilar ovchilik va parrandachilik xoʻjaliklariga birmuncha ziyon yetkazadi. Ular kemiruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib, qishloq xoʻjaligi. va tibbiyotga katta foyda keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x