TULA

TULA — RF Tula viloyatidagi shahar, viloyat markazi, qahramon shahar, Upa daryosi (Oka irmogʻi) boʻyida. Moskvadan 193 km jan. da. Tula tuguni. Aholisi 519 ming kishi (1998). Shahar 4 maʼmuriy tumanga boʻlingan.

Tula 1146-y. dan maʼlum boʻlib, Ryazan knyazligi tarkibida edi. 1503-y. dan Moskva davlati tarkibida. 16—17-a. larda Rus davlatining jan. chekkasidagi muhim mustahkamlangan istehkom. 17-a. da mahalliy temir rudasi asosida Tula temirchilik sanoatining markazi boʻlib qoldi. 1712-y. da Pyotr I buyrugʻi bilan Tulada Rossiyada dastlabki qurol-aslaha zdi kurildi. 1777-y. dan T. Tula namestnichestvosi markazi, 1796-y. dan gubernya markazi, 19-a. da Tulada qurolaslaha ishlab chiqarish. rivojlangan. Tula 1929—37 y. larda Moskva viloyati tarkibida. 1941-y. ning okt, — dek. oylarida Tula nemis fashistlaridan qahramonona mudofaa qilindi. 1976-y. 7 dek. da Tulaga qahramon shahar faxriy unvoni berildi.

Tula — RFning yirik sanoat markazi. Sanoatining asosiy tarmoklari: kora metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik (kombayn zdi, mashinasozlik, konchilik va transport mashinasozligi, qurolaslaha zdlari motoroller va samovarlar ishlab chikariladigan «Shtamp» zdi), kimyo (kimyo tolalari, plastmassa va b.), yengil, oziq-ovqat sanoatlari, qurilish materiallari va musiqa asboblari ishlab chiqarish. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), 3 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy, qurol-aslaha (1724-y. dan) muzeylari, sirk, filarmoniya mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x