TUGʻLUQ TEMUR (? 1362 yoxud 1363) — Moʻgʻuliston davlati asoschisi va xoni (1348-y. dan). Sharqiy Turkistonda uning avlodlari 16-a. ning 70-y. larigacha hukmronlik qilgan. Chigʻaytoy ulusi parchalanishi jarayonida uning sharqiy qismida Amir Poʻlodchi yordamida Tugʻluq Temur tuzgan davlat tarkibiga Sharqiy Turkiston, Jan. Sibir va Yettisuv kirgan. 1360—1361-y. lardagi harbiy yurishlar natijasida T. T. Movarounnahrni egallagan. Tugʻluq Temur vafotidan soʻng oʻgʻli Ilyosxoja bilan boʻlgan kurashlarda Sohibqiron Amir Temur moʻgʻullarni Movarounnahr hududidan quvib chiqargan. Tugʻluq Temur vorislari faqat Sharqiy Turkistonga egalik qilganlar, xolos.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые