🤱🏻Tug’ruqdan keyingi depressiya qachon boshlanadi?
Tug’ruqdan keyingi depressiyada onanini xavotir va baxtsizlik chulg’aydi.
👉🏻Ba’zida ayol tug’ishidan oldin depressiyaga tushib bo’lgan bo’lib, tuqqanidan keyin bu tushkunlik davom etadi.
👉🏻 Boshqa ayollarda esa tushkunlik tuqqanlaridan bir necha hafta , hatto ba’zida oylardan keyin boshlanadi.
👉🏻Chaqalog’ini xursandchilik bilan parvarish qilayotgan ona asta sekin tushkunlikka tushib boradi.
Tug’ruqdan keyingi depressiyaning simptomlari
📍O’zingizni doimo baxtsiz va chorasiz his qilasiz, bu his ayniqsa ertalab va /yoki kechqurun kuchli bo’ladi.
📍Hayotdan maqsad ko’rmaysiz, nima uchun yashayotganingizni tushunmaysiz
📍Hamma narsada o’zingizni ayblayverasiz
📍Asabiy bo’lib qolasiz, umr yo’ldoshingiz yoki boshqa bolalaringizga salga baqirasiz
📍Tez-tez yig’laysiz
📍O’zingizni doimo charchagan his qilsangizda uxlashga qiynalasiz
📍Hech narsadan baxra ola olmaysiz
📍Hazl qilish va hazilni tushunish hisini yo’qotasiz
📍Hech narsaga ulgurmaysiz
📍Tug’ilgan farzandingizning salomatligi haqida o’ta qayg’urasiz, doimo shifokor-mutaxassislardan uning salomatligini surushtirasiz
📍Biror narsaga e’tiboringizni jam qila olmaysiz
📍Farzandingiz bo’shqacharoq tuyuladi, hatto o’zingizning bolangizligiga shubxa qilasiz
👇Undan tashqari quyidagi holatlar kuzatilishi mumkin:
📌Charchoq
📌Hotirada zaiflik
📌Qaror qabul qilishda qiyinchilik
📌Ishtaxa yo’qolishi yoki aksincha ishtaxaning o’ta yuqori bo’lishi, natijada vazn ko’tarilishi
📌Uyquda bezovtalik, uyqusizlik
☝️Bu simptomlarning ba’zilari yosh onalarda vaqti vaqti bilan uchrab turishi mumkin. Chinki onada bola parvarishida jismoniy va ruhiy toliqishlar tez tez kuzatilishi tabiiy hol. Ammo ushbu simptomlarning ko’pi onada ko’zga tashlanib, ular doimiy bo’lsa albatta shifokorga ko’rinish kerak bo’ladi