TUGʻ

TUGʻ — 1) qadimdan Sharq mamlakatlarida hukmdorlik, vazirlik, beklik va h. k. belgisi. Tugʻ hoʻkiz yoki ot dumidan yasalgan. Tugʻ moziyda Osiyoning bir qancha davlatlarida (Xitoy, Hindiston) qoʻtos hamda tibet hoʻkizi dumidan yasalgan boʻlsa, turklar uni, asosan, ot quyrugʻi killaridan tayyorlaganlar. «Tugʻ» atamasi ilk marta bir uygʻur xoqoni shaʼniga bitilgan Shineusu (8-a. oʻrtasi) yodnomasida koʻzga tashlanadi. 1202-y. Chingizxon Oʻnan (Onon) daryosi boʻyida 8 tugʻni tikkan holda saltanat tashkil topganligini eʼlon qiladi. Islom dini qabul qilingandan keyin ham turkiy davlatlarda Tugʻ qoʻllanishda davom etdi. Chingizxon saltanatida, Saljuqiylar, Mamluklar, Qoraxoniylar, Usmoniylarda boʻlgani kabi, T. Temuriylarda ham mavjud edi. Tuman begi «bahodir» faxriy unvoni qatori Tugʻ dovul hamda tumantugʻ va chortugʻlar bilan sharaflangan.

Usmoniylar saltanatida sanjaqbeylar bitta, beylarbeylar 2 ta, vazirlar 3 ta, shayxulislomlar 2 ta, qozi askarlar bitta, yanicheri boshlikdari bitta, podshoxlar esa 6 ta Tugʻga ega boʻlganlar. Podshoh T. lari tugʻi shohiy yoki tugʻi humoyun deb yuritilgan. Harbiy safarlar chogʻida Tugʻlarni koʻtarib yuruvchi shaxslar tugʻchi atamasi bilan ifodalangan;

2) bayroq, alam.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x