TUBERKULIN — sil diagnostikasida qoʻllaniladigan preparatlar. Odam va hayvon organizmida allergik reaksiya hosil qilib sil infeksiyasi boryoʻqligini aniqlash uchun qoʻllanadi. Birinchi marta nemis olimi R. Kox olgan. Suyuq Tuberkulin yoki Kox alttuberkulini sil bakteriyasi oʻstirilgan suyuqlikni bugʻlatib olinadi; quruq tozalangan Tuberkulin (PPD) bakteriya filtratiga oqsillarni choʻkmaga tushiruvchi kimyoviy moddalar qoʻshish va uni keyin tozalash yoʻli bilan; suyuq tozalangan Tuberkulin (PPDl) quruq tozalangan Tuberkulinni bir xilda eritib hosil qilinadi. Aholini silga qarshi yalpi tekshiruvdan oʻtkazishda Tuberkulin (q. Mantu sinamasi)r,an foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые