Tsiprol 500с рецептом

Me’da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishining buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyutsinatsiyalar, dahshatli tushlar ko‘rish (bu reaktsiyalar preparatni bekor qilishni talab qiladi).

Teri tomonidan: qichima, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qizarish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, xushdan ketish, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar.

Qon va uning komponentlari tomonidan: eozinofiliya, leykopeniya, leykotsitoz, kamqonlik, gemolitik kamqonlik, trombotsitopeniya, trombotsitoz.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligining rivojlanishigacha bo‘lgan faoliyatlar buzilishi.

Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishning buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik quloq og‘irligi (ayniqsa baland tovushlarga).

Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: teri toshmalari, dorilar ta’siridagi isitma, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya,  juda kam hollarda – anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layel sindromi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x