Me’da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishining buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, tremor, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar (bu reaktsiyalar preparatni bekor qilishni talab qiladi).
Teri reaktsiyalari: qichishish, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qizarish.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar.
Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, xatto tranzitor buyrak yetishmovchiligi rivojlanishigacha bo‘lgan faoliyatini buzilishi mumkin.
Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqda shovqin, vaqtinchalik eshitmaslik (ayniqsa baland tovushlarga).
Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: teri toshmalari, dorilar ta’siridagi isitma, kam – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, juda-kam hollarda – anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layella sindromi kuzatilishi mumkin.