Tsipraded Prolongatumс рецептом

Me’da-ichak yo‘llariga va jigarga ta’siri: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit.

Nerv tizimiga ta’siri: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoq, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, tremor, periferik nevralgiya, bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashuvi, paresteziya, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar (bu reaktsiyalar preparatni darhol to‘xtatishni talab qiladi).

Teri reaktsiyalari: qichishish, eshakemi, qizarish, fotosensibilizatsiya.

Yurak-tomir tizimiga ta’siri: taxikardiya, arterial gipotenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar.

Qon va uning komponentlariga ta’siri: eozinofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz.

Siydik chiqarish tizimiga ta’siri: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, buyrak faoliyatini, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligini rivojlanishiga qadar bo‘lgan buzilishi.

Sezgi a’zolariga ta’siri: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarni shang‘illashi, vaqtinchalik quloq og‘irligi (ayniqsa baland tovushlarga).

Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: teri toshmalari, dori isitmasi, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiyalar, kamdan-kam hollarda anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layel sindromi kuzatilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x