Tsefpodoksim proksetil – old dori bo‘lib, me’da – ichak yo‘llari (MIY) dan so‘riladi va efir guruhini yo‘qotib, faol metabolit – tsefpodoksim hosil bo‘ladi.
100 mg tsefpodoksim proksetil och qoringa qabul qilinganda, qabul qilingan tsefpodoksimning taxminan 50 % tizimli qon oqimiga so‘riladi.
Tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada (100 dan 400 mg gacha) qo‘llanilganda, dozaga bog‘liq darajasi va tsefpodoksimni so‘rilishi darajasi aniqlanadi.
Terapevtik dozalarda qabul qilinganda (100 dan 400 mg gacha), maksimal kontsentratsiyasiga (Tmax) erishish vaqti taxminan 2-3 soatni tashkil qiladi va yarim chiqarilish davri (T1/2) 2,09 soatdan 2,84 soatgacha o‘zgartirib turadi.
Smax o‘rtacha ko‘rsatkichi taxminan 1,4 mkg/ml 100 mg dozada va 200 mg dozada – 2,3 mkg/ml ni, 400 mg dozada 3,9 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Buyrak faoliyati normal bo‘lgan bemorlarda preparatning dozasini 400 mg gacha har 12 soatda ko‘p marta qabul qilingandan keyin boshqa farmakokinetik parametrlarini ahamiyatli o‘zgarishi ham, to‘planishi ham kuzatilmaydi.
22 dan 33% gacha tsefpodoksim zardob oqsillari va 21 dan – 29% gacha plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Tsefpodoksim a’zo va to‘qimalarda yaxshi taqsimlanadi.
O‘pka to‘qimasida preparatning kontsentratsiyasi 3 soatdan keyin taxminan 0,63 mkg/g ni, 6 soatdan keyin taxminan 0,52 mkg/g ni, 12 soatdan keyin – taxminan 0,19 mkg/g ni, qon plazmasida kontsentratsiyasining taxminan 70-80% ni tashkil qiladi; bronx shillig‘ida – 0,9 mkg/kg (50%), alveolyar hujayralarda 0,1-0,2 mkg/kg (10%), plevral va yallig‘langan suyuqlikda qon plazmasidagi kontsentratsiyasining 70-100% gacha to‘planadi.
Tsefpodoksim o‘pkaga va bodomcha to‘qimalariga o‘tadi va terapevtik dozalarda qabul qilinganda preparatning doimiy kontsentratsiyasini 12 soat davomida tutib turadi va Streptococcus pyogenes.
Streptococcus pneumoniae, Haemophllus Influenzae uchun MIK90 (minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiya) oshadi.
Tsefpodoksimning o‘pka to‘qimalaridagi kontsentratsiyasi 6-8 soatdan keyin MIK90 quyidagi respirator qo‘zg‘atuvchilar uchun bir necha marta yuqori bo‘ladi: M.(V.) Catarrhalis – 2 martaga, H.
Influenzaye va S.
Pneumoniae – 20 martaga, S.pyogenes – taxminan 70 martaga ko‘proq.
Qabul qilingandan keyin taxminan 90% tsefpodoksim 12 soat ichida siydik bilan chiqariladi.
Keksa yoshdagilarda qo‘llanishi: keksa yoshdagilarda, shu jumladan bronx – o‘pka infektsiyasi bilan ko‘p bo‘lmagan T½ uzayishi va qonda kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, ammo dozasiga tuzatish kiritishni talab qilmaydi, buyrak faoliyati pasaygan bemorlar kabi keksa bemorlarda ham tsefpodoksimning yarim chiqarilish davri plazmada taxminan o‘rtacha 4,2 soatni tashkil qiladi (3,3 soat yosh bemorlarda).
Boshqa farmakokinetik parametrlari (Smax, AUS (egri chiziq osti maydoni) va Tmax) o‘zgarmagan holda qoladi.
Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi: buyrak faoliyati susaygan bemorlarda qo‘llanishi: (minutiga 50 ml dan 80 ml gacha kreatinin klirensi) plazmada yarim chiqarilish davri o‘rtacha 3,5 soatni tashkil qiladi, o‘rtacha (minutiga 30 ml dan 49 ml gacha kreatinin klirensi bo‘lgan) yoki og‘ir (minutiga 5 dan 29 ml gacha bo‘lgan) buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yarim chiqarilish davri 5,9 gacha va 9,8 soatgacha muvofiq oshadi.
Jigar faoliyati buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi: jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda so‘rilishi biroz darajada kamayadi, organizmdan chiqarilishi esa o‘zgarmagan holda qoladi.
Tsefpodoksimni T½ o‘rtacha ko‘rsatkichi va jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda buyrak klirensi ham o‘zgarmagan holda qoladi.
Astsit, jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda ko‘rsatgichlarga ta’sir qilmaydi.
Ushbu guruh bemorlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.