Tseffastс рецептом

Allergik reaktsiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (teri toshmasi, qichishish, isitma), giperemiya, eshakemi, eozinofiliya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xavfli eksudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), kam hollarda – bronxospazm, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), et uvishishi, isitma, angionevrotik shish (Kvinke shishi), anafilaktik shok.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tirishishlar, bosh aylanishi, umumiy lohaslik, charchoq, bosh og‘rig‘i.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya/qabziyat, qorin dam bo‘lishi, disbakterioz, jigar faoliyatini buzilishi, kam hollarda – soxta membranoz kolit, stomatit, glossit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarni yuqori dozada davolash mobaynida – buyrak faoliyatini buzilishlari kuzatilishi mumkin (bunday xolatlarda doza kamaytiriladi), interstitsial nefrit, oliguriya.

Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: qon zardobidagi jigar transaminazalari (ALT, AST), LDG, IF faolligini tranzitor oshishi va bilirubin, mochevina, azot hamda kreatinin kontsentratsiyalarini oshishi, Kumbsning musbat reaktsiyasi.

Mahalliy reaktsiyalar: yuborilgan joyda og‘riq va achishish, giperemiya, flebit.

Boshqalar: umumiy holsizlik, kuchli toliqish, periferik shishlar, to‘satdan issiqlik hissi, vaginal va oral kandidoz, uzoq vaqt davolanganda – superinfektsiya.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x