Tsefamezin odatda tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida, organizm tomonidan juda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Qo‘llash tartibiga rioya qilinmaganida yoki doza oshirib yuborilganida quyidagi nojo‘ya ta’sirlari kuzatilishi mumkin: Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi yoki qabziyat, meteorizm, qorin og‘rig‘i, disbakterioz, me’da-ichak yo‘llarining kandidomikozi (shu jumladan kandidozli stomatit), jigar faoliyatini buzilishi (ishqoriy fosfatazalar, jigar transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya), kam hollarda – stomatit, glossit, soxtamembranoz enterokolit.
Allergik reaktsiyalar: eshakemi, etni uvishishi, isitma, toshmalar, qichishish, kam hollarda – bronxospazm, eozinofiliya, ko‘pshaklli ekssudativ eritema, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, gematokritni pasayishi, protrombin vaqtini uzayishi.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi (azotemiya, qondagi mochevina miqdorining oshishi, giperkreatininemiya).
Mahalliy reaktsiyalar: flebit, vena yo‘li bo‘ylab og‘riq, mushak ichiga yuborilgan joyda og‘riq va infiltrat.
Boshqalar: superinfektsiya, kandidamikoz.