Tsefabelс рецептом

O‘ta ta’sirchanlik reaktsiyasi Boshqa β-laktam antibiotiklarni qo‘llashda bo‘lgani kabi o‘ta ta’sirchanlikning og‘ir reaktsiyalari, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan reaktsiyalari qayd etilgan.

O‘ta ta’sirchanlikning og‘ir reaktsiyalari rivojlanishida tseftriakson terapiyasini zudlik bilan to‘xtatish va tegishli davolash tadbirlarini o‘tkazish lozim.

Tseftriakson terapiyasini boshlashdan oldin bemorda tseftriakson, tsefalosporinlarga yoki boshqa b-laktamli antibiotiklar (penitsillinlar, monobaktamalar va karbapenemalar)ga nisbatan o‘ta ta’sirchanlik kuzatilgani yoki yo‘qligini aniqlash kerak.

Anamezdagi boshqa b-laktamli antibiotiklar (penitsillinlar, monobaktamalar va karbapenemalar)ga nisbatan o‘ta ta’sirchanlikning og‘ir bo‘lmagan reaktsiyalari kuzatilgan bemorlarga tseftriakson qo‘llashda ehtiyotkor bo‘lish zarur.

Natriya miqdori 1 gramm tseftriakson preparatida 42,27 mg natriy bor.

Natriy miqdori nazorat ostida parhezga rioya qiluvchi bemorlar ushbu holatga alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Gemolitik anemiya Tseftriakson preparati bilan davolashda, boshqa tsefalosporinlar qo‘llanilganda kuzatilgani kabi, autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi mumkin.

Kattalar va bolalarda gemolitik anemiyaning og‘ir, hattoki, o‘lim bilan yakunlangan shakllari qayd etilgan.

Tseftriakson preparati bilan davolanayotgan bemorda anemiya rivojlanishida tsefalosporin-assotsiyalangan anemiya tashxisini istisno qilib bo‘lmaydi va sabablari aniqlangunicha davolashni to‘xtatib turish talab etiladi.

Clostridium difficile tufayli yuzaga kelgan diareya Tseftriakson preparati bilan davolashda, aksariyat antibakterial preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, Clostridium difficile (C.

difficile) tufayli yuzaga kelgan diareya kuzatilgan.

Diareya turlicha, ya’ni yengil va, hattoki, o‘lim bilan yakunlanuvchi kolit ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Antibakterial preparatlar bilan davolashda yo‘g‘on ichakning normal mikroflorasi buzilishi kuzatiladi, bu esa C. Difficile o‘sishini rag‘batlantiradi.

C. Difficile, o‘z navbatida, C. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareya patogenozi omillari hisoblangan A va V toksinlarini hosil qiladi.

S. difficile shtammlari, antimikrob terapiyasiga nisbatan barqaror bo‘lgani sababli, og‘ir asoratli va o‘limga sabab bo‘ladigan infektsiyalarni qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi.

Davolash esa, o‘z navbatida, kolektomiyani talab qilishi mumkin.

Diareya bilan og‘rigan barcha bemorlarda antibiotikoterapiyadan keyin C. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareyaning rivojlanish ehtimoli mavjud ekanini yodda tutish zarur.

Anamnezni puxta yig‘ish talab etiladi, sababi, antibiotikoterapiyadan keyin 2 oy o‘tib ham C. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareya rivojlanishi kuzatilgan.

Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareya mavjudligi gumon qilinsa yoki tasdiqlansa, C.

Difficilega yo‘naltirilmagan joriy terapiya bekor qilinishi mumkin.

Klinik ko‘rsatkichlarga muvofiq suyuqlik va elektrolitlar, oqsillarni kiritish, C.

Difficile ga nisbatan antibiotikoterapiya, jarrohlik amaliyoti kabi tegishli davolash usullari belgilanadi.

Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Superinfektsilar Boshqa antibakterial preparatlar bilan davolashda bo‘lgani kabi superinfektsiyalar rivojlanishi kuzatilishi mumkin.

Protrombin vaqtining o‘zgarishi Tseftriakson qabul qilayotgan bemorlarda juda kam holatlarda protrombin vaqtining o‘zgarishi tavsiflangan.

Vitamin K yetishmovchiligi (sintez buzilishi, ovqatlanish rejimining buzilishi) mavjud bo‘lgan bemorlarga terapiya davomida protrombin vaqtini nazorat qilish va protrombin vaqti ko‘payganida terapiya boshlanishidan oldin va terapiya davomida vitamin K (haftasiga 10 mg) qabul qilish belgilanishi mumkin.

Tseftriaksondagi kaltsiy tuzi pretsipitatlarining hosil bo‘lishi Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pka va buyraklarida tseftriakson-kaltsiy pretsipitatlar yig‘ilishi oqibatida og‘ir reaktsiyalar ro‘y bergani, ayrim hollarda esa, o‘lim bilan yakunlangan holatlar qayd etilgan.

Kattaroq yosh guruhlariga mansub bemorlarda ham tseftriakson va venaga kiritiladigan kaltsiyli eritmalarning o‘zaro ta’siri nazariy jihatdan bo‘lishi mumkin, shuning uchun tseftriakson tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalar bilan aralashtirilmasligi (shu jumladan parenteral oziqlantirish uchun ham), shuningdek bir vaqtning o‘zida kiritilmasligi, jumladan turli uchastkalardagi infuziyalar uchun alohida kiritish yo‘llari orqali ham kiritilmasligi lozim.

Tseftriakson yarim chiqarilishining 5 ta davri bo‘yicha hisob-kitoblar asosida tseftriakson va kaltsiyli eritmalar kiritilishi orasidagi interval 48 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.

Tseftriakson va peroral qabul qilishga mo‘ljallangan kaltsiyli preparatlarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha, shuningdek mushak ichiga kiritiladigan tseftriakson va kaltsiyli preparatlar (vena ichiga yuborilishi va peroral qabul qilishga mo‘ljallangan) o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.

Tseftriakson tavsiya etilgan standart dozalardan (sutkasiga 1 gramm va undan ko‘proq) ortiq miqdorda qabul qilinganidan keyin o‘t pufagi ultratovush bilan tekshirilganida, tseftriaksondagi kaltsiy tuzining pretsipitatlari aniqlangan.

Bu holat, odatda, bolalarda kuzatilgan.

Pretsipitatlar juda kam hollarda aniq simptomatika beradi va tseftriakson preparati terapiyasi yakunlanganidan yoki to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi.

Ushbu holatlar klinik simptomatika bilan kechadigan bo‘lsa, konservativ davolash (jarrohlik amaliyotisiz) tavsiya etiladi, preparatni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror davolovchi shifokor ixtiyoriga havola qilinib, foyda va xavfning individual baholanishiga asoslanishi lozim.

Tseftriakson va tarkibida kaltsiy bo‘lgan infuzion eritmalar yoki boshqa kaltsiyli preparatlar qo‘llanilganida tomir ichida pretsipitlar faqat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hosil bo‘lishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud bo‘lsada, baribir, bolalalar va kattalarga tseftriakson va tarkibida kaltsiy bo‘lgan infuzion eritmalarni, hattoki, turli venalarga yuborish va birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Pankreatit Tseftriakson qabul qilgan bemorlarda o‘t yo‘llari buzilishi natijasida yuzaga kelgan pankreatit holatlari juda kam kuzatilgan.

Ushbu bemorlarning aksariyatida o‘t yo‘llarida dimlanishlar, masalan, terapiya og‘ir kasalliklar va to‘liq parenteral oziqlanish kabi holatlar avval ham qayd etilgan.

Bunda, preparat ta’siri ostida o‘t yo‘llarida hosil bo‘lgan pretsipitatlar rivojlanishini ham hisobdan chiqarmaslik lozim.

Bolalarda qo‘llanilishi Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, emizikli va kichik yoshdagi bolalarda tseftriakson qo‘llanishining xavfsizligi va samaradorligi “Qo‘llash usuli va dozalar” bo‘limida ta’riflangan dozalar uchun belgilangan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, boshqa tsefalosporinlar kabi tseftriakson ham plazma albumini bilan bog‘lanishdan bilirubinni chiqarib tashlashi mumkin ekan.

Tseftriakson preparatini bilirubinli entsefalopatiya rivojlanishi xavfi mavjud bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Uzoq muddatli davolanish Uzoq muddat davomida davolanishda periferik qon holatini, jigar va buyraklar funktsional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim.

Qon tahlili monitoringi Uzoq muddat davomida davolashda qonning umumiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazib turish zarur.

Serologik tadqiqotlar Tseftriakson bilan davolanishda Kumbs namunalari, galaktozemiya namunalari bo‘yicha, shuningdek siydikdagi glyukozani aniqlashda soxta ijobiy natijalar qayd etilishi mumkin (glyukozuriyani faqat fermentli metod bilan aniqlash tavsiya etiladi).

Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilishning o‘ziga xosligi.

Preparatni qabul qilgandan so‘ng avtotransport vositalarini yoki mashina va mexanizmlarni boshqarishga o‘tkazadigan ta’siri haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Biroq, tseftriakson bilan o‘tkaziladigan terapiya vaqtida, bosh aylanishi va boshqa nomaqbul reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgani sababli, transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkor bo‘lish lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x