TRUXILYO — Peruning gʻarbiy qismidagi shahar. Panamerika shossesi yoqasida. Libertad departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 652 ming kishi (2000). Kx (shakarqamish, paxta, sholi, kofe) mahsulotlari qayta ishlanadigan yirik markaz. Oziq ovqat, kimyo, koʻnteri sanoati, elektr jihozlari, kurilish materiallari i. ch. korxonalari mavjud. Shaharga 1543-y. da asos solingan. 17—18-a. larda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar saklangan. 1970-y. dagi zilzila shaharni vayron qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые