TROYALIKLAR

TROYALIKLAR (astronomiyada) — Quyosh atrofida aylanuvchi asteroidlarning fizik bogʻlangan guruhi. T. Yupiterga nisbatan har vaqt Q60° ga oʻrtacha ekliptik uzunlik boʻylab harakatlanadi. Quyosh, Yupiter va Troyaliklarlar fazoda deyarli teng tomonli uchburchak tashkil etadi. Troyaliklarni oʻrganish katta qiziqish uygʻotadi, chunki ularning harakati uch jism masalasita taxm. moye keladi. Troyaliklarda oʻrta hisobda 15 ta asteroid kuzatilgan. Troyaliklar orbitalari ekspentrisitetining oʻrtacha kiymati 0,096 ga, ekliptika tekisligiga kiyaligi 16,4° ga teng.

Troyaliklarning Quyosh atrofida aylanish davri, shuningdek, Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi Yupiterning aylanish davri va Quyoshdan oʻrtacha uzoqligiga deyarli teng. Bunday mayda sayyoralarni Troya urushining qahramonlari nomi bilan atashga kelishilgan. «Troyaliklar» atamasi shundan kelib chiqqan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x