TROSHKOV Aleksandr Danilovich (1904, hoz. Beruniy sh. — 1946.13.4) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1943-y. dan frontda. 2-Ukraina fronta 46-armiyaning 99-oʻkchi diviziyasida pulemyot navodchigi boʻlgan. Erchi sh. yaqinida 1-boʻlib Dunay daryosidan oʻtgan. Pulemyotdan oʻt ochib dushmanning 3 oʻt ochish nuqtasini oʻchirgan va rotani daryodan oʻtishini taʼminlagan. 1945-y. 24-martda Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Beruniy sh. dagi koʻchalardan biri va oʻrta maktab uning nomiga qoʻyilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые