TROPOPAUZA (yun. tropos — burilish, oʻzgarish, pausis — toʻxtash, tugash) — troposfera va stratosfera orasidagi oʻtish qatlami. Tropopauzaning quyi chegarasi sifatida havo trasining vertikal gradiyenti shartli ravishda 0,2°Gʻ100 ga teng va undan kichik boʻlgan sath qabul qilingan. Tropopauza balandligi arktik kengliklarda —8— 10 km, moʻtadil kengliklarda —10—12 km, ekvator ustida — 16—18 km ni tashkil qiladi. Tropopauza vertikal qalinligi bir necha 100 m dan 2—3 km gacha tebranadi. Tropopauza balandligi yozda yuqori, qishda esa pastroq boʻladi. Tropopauza balandligi antitsiklon va siklonlarning oʻtishi bilan ham tebranib turadi. Antitsiklonda baland, sikloida past boʻladi. Odatda, subtropik tez gʻavo oqimida kuzatiladigan past qutb T. si bilan yukrri tropik Tropopauzasi orasida uzilish sodir boʻladi. Koʻpincha Tropopauzaning uzilishida har xil balandliklarda joylashgan ikki Tropopauzani uchratish mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые