TROPIK HAVO MASSALARI

TROPIK HAVO MASSALARIyil davomida tropik va subtropik kengliklarda uyushib, quyi kengliklardan yuqori kengliklarga harakatlanadigan havo massalari. Harorati yozda yuqori, materiklar ustidagi havosi quruq, yuqori bosimli 30° shu kabi va 30° j. k. atrofida kuzatiladi. Yozda Oʻrta Osiyoda, Qozogʻistonning jan. da uyushadigan havo T. h. m. hisoblanadi. Tropik havo massalari egallagan joylarda atmosfera bosimi yuqori havoning pastlama harakati ustun boʻladi, yil boʻyi havo juda issiq va yogʻin kam yogʻadi.

Dengiz va quruqlikdagi Tropik havo massalari farqlanadi. Dengizdagi Tropik havo massalari nisbatan yuqori trasi va nisbiy namligi, beqaror stratifikatsiyasi va maydalab yogʻin yogʻishi bilan izohlansa, quruqlikdagi Tropik havo massalari yozda oʻzining yuqori trasi, nisbiy namligining pastligi va barqaror stratifikatsiyasi, nihoyat changning koʻpligi bilan ajralib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x