DO`STLARGA ULASHING:
Trixopol foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
Trixopol— antibakterial vosita bo’lib, tasir etuvchi modda metronidazoldir.
?Trixopol
✅Ta’sir etuvchi modda — metronidazol
✅Dori shakli — tabletka
✅Farmakoterapevtik guruhi — protozoylarga qarshi antibakterial vosita
? Farmakokinetikasi:
— Meda ichak traktidan yaxshi so’riladi
?Qo’llanilishi:
— Anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarda
— Operatsiyadan keyingi infeksiyalarda
— Tug’ruqdan keyingi isitma, abseslarda, sepsis, peritonit, osteomiyelitda
— Jinsiy a’zolardagi trixomonadal infeksiyada
— Vaginitda
— Yotoq yaralarda
— oyoq va qo’llardagi trofik yaralarda
— Gingivitda
— Periodontitda
?Qo’llash usuli va dozasi
—Kattalar va 12 yoshdan katta o’smirlar uchun 250 — 300 mg dan sutkada 3 marta
— 8 haftalikdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 1 martalik doza(ya’ni har 8 soatda 7.5 mg/kg dan) sutkada tana vazniga 20 — 30 mg/kg ni tashkil qiladi.
?Nojo’ya ta’siri
— Immun tizim buzilishi
— anafilaksiya (kam xollarda)
—anoreksiya
— gallyutinatsiya
— leykopeniya
— Ensefalopatiya belgilari
— Nimo’tkir miyacha sindromi ( ataksiya, dizartriya, nistagm, tremor)
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holat:
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda
— Homiladorlikning birinchi uch oyligida qo’llash mumkinmas
— Bolani emizish mumkin emas, chunki metronidazol ona suti bilan ajraladi.Davolanish vaqtida emizishni to’xtatish kerak.