TRINIDAD — Atlantika okeanidagi orol, Jan. Amerikaning shim. sharqiy qirgoklari yaqinida. Trinidad va Tobago davlatining asosiy qismi. Mayd. 4,8 ming km2. T. materikdan ajralib chiqqan. Relyefi shim. da togʻli (eng baland joyi 940 m), krlgan qismi tektonik. Sharqiy qismida botqokliklar, jan. da balchiq vulkanlari bor. Iklimi subekvatorial, oʻrtacha oylik tralar 25—27°. Yillik yogʻin 1200—3800 mm. Daryolari qisqa, sersuv. Doim yashil oʻrmonlar bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan tabiiy asfalt, neft va gaz konlari topilgan. Shakarqamish, tamaki, sholi ekiladi. Kofe, kakao, sitrus mevalar plantatsiyalari bor. Orolga yevropaliklardan birinchi boʻlib, 1498-y. X. Kolumb yetib borgan, shundan keyin Trinidadni mustamlakaga aylantirish jarayoni boshlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые