TRIBUNAL (lot. lribunal — sud qilish joyi, aloxida sud) — 1) 18a. oxiridagi Buyuk fransuz inqilobi davrida Fransiyada siyosiy jinoyatlarga doyr ishlarni koʻrgan favqulodda sudlar; 2) sovet hokimiyatining dastlabki yillaridagi maxsus sudlar — inqilobiy Tribunal lar;
3) ayrim mamlakatlar, jumladan, OʻzR Qurolli kuchlaridagi harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxslar xizmat vaqtidagi jinoyat ishlari va baʼzi bir boshqa ishlarni koʻrib chiquvchi sudlar. Yana q. Xalqaro harbiy tribunal.