TRETYAKOV GALEREYASI — Rossiyaning yetakchi ilmiybadiiy va madaniymaʼrifiy markazlaridan, jahondagi eng yirik rus sanʼati muzeyi. Moskvada 1856-y. P. M. Tretyakov tomonidan xususiy toʻplam sifatida asos solingan, 1892-y. ukasi S. M. Tretyakov kolleksiyasi bilan birga Moskvaga sovgʻa qilingan. 1917-y. dan boshqa muzeylarning fondidan, shaxsiy kolleksiyalardan toʻplangan asarlar, 11 — 17-a. lar qad. rus ikona sanʼati, 18—20-a. lar tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, grafika sanʼati ustalari asarlarining boy kolleksiyasi bilan toʻldirilgan. Rus savdogarlari Tretya kovlarning sobiq uyida joylashgan. 1985—95 y. lar Tretyakov galereyasi rekonstruksiya qilingan. 1991-y. dan «Tretyakov Davlat galereyasi» muzey birlashmasi deb yuritiladi. Tretyakov galereyasida oʻzbekistonlik rassomlar (P. Benkov, A. Volkov, A. Abdullayev, Oʻ. Tansiqboyev, R. Axmedov va b.) asarlaridan namunalar qoʻyilgan. 2003-y. da Oʻzbekiston BA va Tretyakov galereyasi oʻrtasida ilmiy, ijodiy koʻrgazma almashish shartnomasi imzolangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые